Matiz Rossiya avtobozorini tark etadi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRavon Matiz avtomobili
Ravon Matiz  avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Matiz shu vaqtgacha Rossiya avtosalonlarida sotilayotgan eng arzon avtomobil hisoblanar edi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. UzDaewoo brendi o‘rnini egallagan Ravon Rossiya bozoridan subkompakt Matiz xetchbekini olib chiqishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda uz24.uz nashri.

RAVON brendi - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Belorussiyada Ravonni namoyish etdi
Ayni vaqtda model Ravon'€™ning Rossiyadagi vakolatxonasi rasmiy sayti ro‘yxatida yo‘q. Matiz nima sababdan Rossiya bozorini tark etayotgani noma’lum. Ma’lum qilinishicha, Ravon'€™ning ba’zi dilerlari portallarida Matiz'ga hali ham buyurtma berish mumkin.

Rossiyada mexanik uzatma bilan hamohanglikda ishlaydigan hajmi 0,8 litr, silindrlari soni uchta, 51 ot kuchiga ega benzinli motorda harakatlanuvchi Matiz'lar sotilar edi. Uning narxi 314 ming rubldan boshlanadi. Matiz shu vaqtgacha Rossiya avtosalonlarida sotilayotgan eng arzon avtomobil hisoblanar edi.

Yangiliklar lentasi
0