Yaponiyaliklar Toshkent infratuzilmasini rivojlantirishda ishtirok etishadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishToshkent shahri
Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konferensiyada Toshkent shahar hokimligi bilan Yaponiyaning “Shimidzu” korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkentda shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Yaponiya konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Konferensiyada O‘zbekistonning geodeziya, qurilish, transport, tabiatni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, energetika, kimyo va kommunal sohalardagi vazirlik va idoralari mutasaddilari ishtirok etdi. Yaponiyaning "Shimidzu", "Fujita", "Marubeni", "Panasonik", "Tokio Roup injiniring", "Itochu", "Mitsubisi", "Toyota Suse", "NEK" kabi yigirmadan ortiq yirik korporatsiyalari vakillari o‘z tashkilotlari va xizmatlari haqida ma’lumot berdi.

Yaponiyalik ishbilarmonlar infratuzilma obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish, avtomobil va temir yo‘l tizimini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tabiiy ofatlarning oldini olish va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini taqdim etdi.

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya 8 milliard dollarlik loyiha ustida ish olib bormoqda

Tadbir doirasida tashkil etilgan kooperatsiya birjasida ikki mamlakat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan sohalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada Toshkent shahar hokimligi bilan Yaponiyaning “Shimidzu” korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Yaponiya delegatsiyasi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Yangiliklar lentasi
0