Sport

Samarqanddagi bellashuvlarda oʻzbekistonlik sportchilarga teng keladigani topilmadi

Samarqandda boʻlib oʻtgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo ochiq kubogi hamda parakanoe boʻyicha Osiyo chempionatida Osiyo va Yevropaning 14ta davlatidan 279 sportchi qatnashdi

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar Samarqandda Samarqandda boʻlib oʻtgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo ochiq kubogi hamda parakanoe boʻyicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni oldi, deb xabar beradi Oʻzbekiston "Rowing & Canoe" federatsiyasi.

Bellashuvlarda Oʻzbekiston hamda 14 ta xorijiy davlatlar — Yaponiya, Eron, Iroq, Pokiston, Singapur, Vyetnam, Tailand, Shri-Lanka, Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya va Gruziya terma jamoalarining 200 nafardan ortiq sportchilari kuch sinashdi.

Kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo ochiq kubogida oʻzbekistonlik sportchilar jami 64ta, 20ta oltin, 24 kumush va 20ta bronza medalini qoʻlga kiritdilar. Ikkinchi oʻrinni qozogʻistonlik sportchilar egallashdi. Ular yakunda 20 ta oltin, 13 ta kumush, 11 ta bronza medallariga ega boʻlishdi. Uchinchi oʻrinni uchta oltin medal bilan rossiyalik sportchilar egallashdi.

Parakanoe boʻyicha birinchi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston sportchilari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni yaponiyaliklar, uchinchi oʻrinni eronlik sportchilar egallashdi.

Samarqanddagi eshkak eshish kanalining rekonstruktsiya qilingani Oʻzbekistonda suv sportini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning amaldagi ifodasidir. Ushbu sport inshootining umumiy maydoni 84,5 gektarni tashkil etadi, uzunligi 2215 metr va eni 130 metrlik asosiy hamda 2215 metr uzunlik va 58 metr kenglikdagi aylanma kanalga ega. Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan bu inshootda yuz oʻrinli mehmonxona, 64 oʻrinli oshxona, majlislar zali, hakamlar xonasi va boshqa yordamchi xonalar, qirgʻoqda esa ikki ming oʻrinli tomoshabinlar oʻrni mavjud.

Ushbu zamonaviy inshoot Germaniyaning IMAS firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan start va finish chiziqlarini aniqlovchi zamonaviy elektron tizim bilan taʼminlangan. Bu esa musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish imkonini beradi. Umuman, sport majmuasi barcha mezonlar boʻyicha xalqaro va olimpiya oʻyinlari talablari darajasiga yetkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala