Analitika

Muammo, murojaat, yechim - Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga 5+

© Sputnik / Aleksey TixomirovRaxmatova Dilshoda
Raxmatova Dilshoda - Sputnik Oʻzbekiston
Muxbirimiz rasmiy portal orqali Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi

TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilganiga endigina 10 kun boʻldi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri virtual qabulxonaga murojaat etib, qabulxona faoliyati aʼlo darajada yoʻlga qoʻyilganiga shaxsan ishonch hosil qildi.

Muxbirimiz rasmiy portal orqali Bulungʻur tumanida bolalar sport yoki musiqa bilan shugʻullanishlari uchun yetarlicha sharoit yaratilmagani haqida murojaat qildi.

"Men oʻgʻlimning sport bilan shugʻullanishini istayman, lekin sport maktabi uyimizdan 30 kilometr narida joylashgan. U yerga har kuni oʻgʻlimni olib borgani imkoniyatim yoʻq, bir oʻzini yuboray desam u juda yosh. Shu bois Bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat yoʻlladim. Oradan ikki kun oʻtgach, tumanimiz hokimiyatidan vakillar kelishib, muammo bilan tanishib chiqishdi va oʻgʻlimni tuman hokimiyati yaqinidagi "Barkamol avlod" bolalar markaziga olib borishim mumkinligini aytishdi.

Murojaat qilayotganimda ushbu muammoim hal boʻlishiga ishonmagandim. Chunki ilgari bu masalada tuman hokimligiga murojaat qilib hech qanday javob olmaganim, muammoning zudlik bilan hal etilish mumkinligiga duch kelmaganim bois  bunday tezkorlikni kutmagandim.

Muammoim tezkorlik bilan ijobiy hal boʻlgani uchun Shavkat Miromonovichga minnatdorlik bildiraman. Ishonch bilan aytishim mumkinki, virtual qabulxona aʼlo darajada ishlamoqda!", — dedi muxbirimiz.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyevning virtual qabulxonasi qanday ishlamoqda?
Bosh vazirning virtual qabulxonasi ish boshlagani haqidagi xabar chop etilganida, turli sansalorliklarga duch kelaverib hafsalasi pir boʻlganlar ishonchsizlik bilan qoʻl siltagani tabiiy. Zero, shikoyat yoki arizaning pastdan yuqoriga qarab harakatlanishi jarayonida muammoning ijobiy hal boʻlishidan koʻra vaqtning bekorga sarflanishi, asablarning yemirilib tugashi koʻproq uchraydi. Ammo biz yuqorida qalamga olgan mavzu buning mutlaqo aksi.

Virtual qabulxonaning Facebookdagi sahifasida ham hal etilgan koʻplab muammolar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Bosh vazirga minnatdorlik bildirib yozilgan maktublar ham bisyor.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi-Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 24 sentyabr kuni tashkil etilgan boʻlib, (0 800) 210-0000 yoki 1000 qisqa raqamlariga qoʻngʻiroq qilish (qoʻngʻiroq respublika boʻyicha bepul, faqatgina statsionar telefonga qoʻngʻiroq qilish narxi boʻyicha haq olinadi), xat yuborish (pm.gov.uz veb-saytida keltirilgan shaklni toʻldirish orqali) yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali murojaat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala