Samarqand viloyatida qurol-yarog‘lar yashirilgan o‘ra topildi

Obuna bo‘lish
Tergov taxminiga ko‘ra 1996-yilda qazilgan o‘raning chuqurligi bir metr bo‘lib, uning tepasi g‘ildirakli vagon bilan to‘sib qo‘yilgan

 

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekiston kuch tuzilmalari xodimlari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Po‘lat Darg‘om mahallasida qurollar yashirib qo‘yilgan o‘rani aniqlashdi.

Tergov ma’lumotlariga qaraganda, o‘ra 1996-yilda Kattaqo‘rg‘on shahar artilleriya brigadasida xizmat qilgan sobiq harbiy va uning qarindoshi tomonidan qazilgan. O‘raning chuqurligi bir metr bo‘lib, uning tepasi  g‘ildirakli vagon bilan to‘sib qo‘yilgan.

"O‘radan qurol moyi bilan moylangan, o‘rab qo‘yilgan jangovar holatdagi qurol-yarog‘lar topildi. Operativ xodimlar o‘radan ikkita AK-74 avtomati, turli kalibrdagi 79 dona patron va ikkita AK-74 magazini, uch dona trotil shashkasi, to‘rt dona qo‘l granatasi portlatgichi va to‘rt dona RGD-5 va F-1 granatalarini topishdi", — dedi kuch tuzilmalaridagi manba.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0