Jamiyat

Oʻzbekiston yangi ish oʻrinlari yaratish uchun 100 mln $ jalb etadi

Yangi ish oʻrinlari yaratish uchun Butunjahon banki 100 million dollar miqdoridagi zayom ajratishi 2016-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlikning yangi strategiyasiga kiritilgan

TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Yangi ish oʻrinlari yaratish uchun Oʻzbekiston hukumati Butunjahon bankining 100 million dollar miqdoridagi mablagʻini jalb etishni rejalashtirgan, dedi respublika iqtisodiyot vazirligi vakili.

"Yangi ish oʻrinlari yaratish uchun Butunjahon banki 100 million dollar miqdoridagi zayom ajratishi 2016-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlikning yangi strategiyasiga kiritilgan", — dedi agentlikka suhbatdosh.

Migrantlar - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston vatanga qaytgan migrantlar uchun 155 ming ish oʻrinlarini yaratdi

Iqtisodiyot vazirligi vakilining xabar qilishicha, ushbu haftada Jan-Piter Olters rahbarligidagi bank delegatsiyasi va hukumat oʻrtasida Butunjahon bankining mablagʻlari jalb etiladigan "Ish oʻrinlarini kengaytirish va zamonaviy iqtisodiyot bilan bogʻliq koʻnikmalarni kuchaytirish" loyihasining kontseptsiyasi muhokama qilinadi. Delegatsiya bir qator vazirlik va muassasalar hamda tijorat banklari va BBning respublikadagi ijtimoiy hamkorlari bilan muzokaralar oʻtkazadi.

BBning ijrochi direktorlari kengashi iyun oyida Oʻzbekiston bilan 2016-2020 yillarga moʻljallangan hamkorlikning yangi kontseptsiyasini tasdiqladi va respublika uchun 3 milliard dollarga yaqin mablagʻni zaxira qilib qoʻydi.

"Yangi kontseptsiyaning strategik maqsadi — Oʻzbekiston hukumatini kelgusi besh yil davomida yiliga 500 mingtagacha yangi ishlab chiqarish va muntazam ish oʻrinlarini yaratishda qoʻllab-quvvatlashdir", — dedi vazirlik vakili.

Vashingtondagi Jahon Banki shtab-kvartirasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekistonga 4 mlrd $ ajratadi

2015 yil oxirida Oʻzbekiston Senati 993 ming ish oʻrni yaratish moʻljallangan ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini maʼqulladi. Bu ish oʻrinlarining 148 mingtasi xorijdan qaytgan mehnat migrantlari uchun moʻljallangan. Dasturda koʻrsatilishicha, ishsizlik 719 ming kishi darajasida saqlanib qoladi, bu mamlakatdagi mehnatga layoqatli aholining 5%dan sal koʻprogʻini tashkil etadi.

Rasmiy statistikaga qaraganda, Oʻzbekiston doimiy aholisining soni 2016 yilning birinchi yarmida 0,7%ga oshgan va 31,807 million kishiga yetgan, ishsizlar soni 723,6 ming kishini tashkil etgan (iqtisodiy faol aholining 5,2%i).

Turli hisob-kitoblarga qaraganda, hozirda Oʻzbekiston tashqarisida mamlakatning 3-4 millionga yaqin fuqarosi mehnat qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala