Iqtisod

Toshkent yarmarkasida Oʻzbekiston 500 ming tonnadan ortiq paxta tolasi sotmoqchi

© AFP / NOAH SEELAMPaxta xom ashyosi
Paxta xom ashyosi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda bu yil 3,4 million tonna paxta hosili yigʻish rejalashtirilgan, paxta tolasi ishlab chiqarish esa 1 million tonnani tashkil etadi

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Oʻzbekiston joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasida 500 ming  tonnadan ortiq paxta tolasini eksportga chiqarish uchun shartnomalar imzolashni  rejalashtirgan, dedi "Oʻzpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi vakili.

"Bozordagi murakkab vaziyatga qaramasdan, biz 500 ming tonna, balki undan ham koʻproq paxta tolasi yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishni moʻljallamoqdamiz", — dedi agentlik suhbatdoshi. Uning soʻzlariga koʻra, yarmarkaga 45 dan ortiq mamlakatning ikki mingga yaqin vakili kelishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonda bu yil 3,4 million tonna paxta hosili yigʻish rejalashtirilgan, paxta tolasi ishlab chiqarish esa 1 million tonnani tashkil etadi, deb maʼlum qildi xolding vakili.

Respublikada ommaviy paxta yigʻim-terimi sentyabr-oktyabr oylariga toʻgʻri keladi.

Koʻchma doʻkon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Paxta mavsumi munosabati bilan koʻchma doʻkonlar ish boshladi

Bu yilgi yarmarka “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekengilsanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,  Tovar-xomashyo birjasi, “Sifat” markazi va boshqa tuzilmalar tomonidan oʻtkaziladi.

Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan oʻn birinchi yarmarkada 700 ming tonna paxta tolasi eksporti uchun shartnomalar imzolangan edi. Yarmarka tashkil qilinganidan buyon oʻtgan vaqt davomida 7 million tonnadan ortiq hajmdagi bevosita va fyuchers shartnomalari imzolangan.

Oʻzbekistonda har yili 3,5 million tonnaga yaqin paxta xom ashyosi va 1-1,2 million tonna paxta tolasi tayyorlanadi. Tayyorlangan paxta tolasining 50%ga yaqini eksport qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala