TOSHKENT, 5 okt – Sputnik. Moliya va xoʻjalik ishlari sohasida ilk bor qonun buzgan tadbirkorlar va ularning ishchilari maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi, prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ushbu haqidagi qaror imzoladi.
Chorshanba kuni matbuotda eʼlon qilingan hujjatga koʻra, tadbirkorlar oʻz ixtiyorlari bilan qilgan xatolarini toʻgʻrilab, yetkizilgan zararni belgilangan muddatda qoplagan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Shuningdek, 2017 yildan boshlab tadbirkorlarga nisbatan tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish jazo chorasi qoʻllanilmasligi ham ushbu qarorda aytib oʻtilgan.
2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlarga nisbatan oʻtkazilayotgan barcha tekshiruv turlari bekor qilinadi. Tekshiruvlar faqat yuridik shaxs faoliyati tugatilgan hollarda va boshqa jismoniy va yuridik shaxslar murojaatiga koʻra oʻtkazilishi mumkin.
Mirziyoyev Oliy Majlisning ikkala palatasiga tadbirkorlar huquqlarini himoya qiladigan muassasa tashkil qilishni topshirdi. Undan tashqari, prezident vazifasini bajaruvchi barcha vazirliklarga valyuta boshqaruvining eng zamonaviy mexanizmlarini, samrali bank tizimi va soliq boshqaruvini ishlab chiqishni topshirdi.