Jamiyat

Yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun ishlab chiqiladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hujjatga muvofiq, yangi qonun fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korruptsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev buyrugʻiga asosan Oʻzbekistonda "Korruptsiyaga qarshi kurash" qonuni loyihasi 2016 yilning oxiriga qadar ishlab chiqiladi.

Bitim tuzish - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qonun buzgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonning sakkizinchi bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqadi", — deyilgan chorshanba kuni mahalliy matbuotda eʼlon qilingan farmon matnida.

Hujjatga muvofiq, yangi qonun fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korruptsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan.

Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, Bosh prokuratura jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq normalarini yanada liberallashtirish boʻyicha hamda qonun hujjatlariga, eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlashga, tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, oʻtkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0