Jamiyat

Rossiyada barcha avtomobillar "qora quti" bilan jihozlanadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishLADA Vesta - Rossiya avtomobili
LADA Vesta - Rossiya avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yilga kelib Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarning barchasi GLONASS terminali bilan jihozlangan boʻladi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiyada 2020 yilga kelib barcha yangi ishlab chiqarilgan avtomobillar avtomobil harakatlanishi haqidagi barcha maʼlumotni yozib boradigan GLONASS terminali bilan jihozlanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Izvestiya" xabariga asosan.

Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun terminallar majburiy boʻlib, ulardan nafaqat YTH sodir boʻlganda, balkim yoʻl harakati qoidalari buzilishini ham qayd qilish uchun ham foydalanish taklif qilinmoqda.

Nashr xabariga koʻra, bosh vazir oʻrinbosari Dmitriy Rogozin ishtiriokida boʻlib oʻtgan majlis protokoliga koʻra, Rossiya transport vaziri oʻrinbosari Aleksey Tsыdenov "Navigatsiya maʼlumotlari uzatish davlat yagona muhiti" (YEGSNI) tashkil qilish gʻoyasini bildirgan edi. Ushbu taklif qabul qilinib Sanoat va savdo, Transport, Iqtisodiyot hamda GLONASS davlat kompaniyasiga ushbu tizimni ishlab chiqish topshirildi.

"…YEGSNI, jumladan YHQ buzish hollarini aniqlash va aybdorlarni jazoga tortish uchun ham ishlatilishi mumkin", — deb majlis protokolidan parcha keltiradi nashr.

ERA-GLONASS — yangi tizimning asosiga aylanadi. Uning terminallari 2020 yildan boshlab Rossiyada ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillarga oʻrnatilishi shart boʻladi. YEGSNI tashkil qilish boʻyicha asosiy tashkilot — Sanoat va Savdo vazirlikligi deb belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, ERA-GLONASS tizimini Rossiyada ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillarga oʻrnatish haqidgi maʼlumotlar ikki yil oldin paydo boʻlgan edi. Oʻshanda ushbu "qora quti" nafaqat avtomobil harakati, yoʻnalishi haqidagi maʼlumotlarni yozib borishi, balkim YTH sodir boʻlganda avtomatik ravishda tez yordam chaqirish xususiyati hamda "favqulodda yordam" tugmachasi bilan jihozlangan boʻlishi haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala