Video

RAF – sobiq Ittifoqning mashhur mikroavtobusi

RAF 70-80 yillarda sobiq Ittifoqning eng yirik mikroavtobuslar zavodi boʻlgan. Rafiklardan Ittifoqning barcha shaharlarida “tez yordam”, marshrutli taksi, sayoh va mehmonlarni olib yuruvchi transport sifatida keng foydalanilgan.

Riga avtobus fabrikasi 1949 yilda tashkil qilingan boʻlib, dastlab u avtobus kuzovlari ishlab chiqrishga moʻljallangan. 1951 yilda zavod Riga eksperimental avtomobil fabrikasi bilan birlashib, GAZ dvigateli va shassisi asosida 23 oʻrinli RAF 561 avtobuslari ishlab chiqara boshlagan.

1954 yilda zavod  qayta tashkil qilinib Raga avtomobil fabrikasi nomini oldi. 1957 yilda RAF oʻz kuchi bilan yaratilgan birinchi mikroavtobusi — RAF 10  ishlab  chiqara boshladi. 1957 yilda Moskvada boʻlib oʻtgan yoshlar festivali sharafiga RAF 10 “Festival” nomini oldi. Avtomobilda Volga GAZ-21 dvigateli oʻrnatilgan edi. Ushbu mikroavtobus oʻzgarishsiz 1975 yilga qadar ishlab chiqarildi.

1976 yildan boshlab mikroavtobuslarning yangi modeli ishlab chiqarila boshladi. RAF 2203 “Latviya” aytishlariga qaraganda, juda qulay,  tejamkor va manyovrli mikroavtobus boʻlgan. Ishonchli GAZ-24 avtomobillariga oʻrnatiladigan dvigatellar bilan jihozlangan boʻlgan.

© WikipediaOlimpiyskiy rafik
Olimpiyskiy rafik - Sputnik Oʻzbekiston
Olimpiyskiy rafik

RAF 70-80 yillarda sobiq Ittifoqning eng yirik mikroavtobuslar zavodiga aylandi.  Xalq ushbu mikroavtobuslarni “rafik” deb atar edi. Rafiklar Ittifoqning barcha shaharlarida “tez yordam”, marshrutli taksi, sayoh va mehmonlarni olib yuruvchi transport sifatida keng tarqaldi.

1991 yilning sentyabr oyida Latviya mustaqil davlatga aylandi,  RAF esa — aktsiyador jamiyatga. Zavodda mikroavtobuslar ishlab chiqarish toʻxtatildi. Taqdir taqozosiga koʻra, ishlab chiqarilgan eng oxirgi mahsulot – oʻlik tashiydigan mashinalar boʻldi.

Bugungi kunda RAF zavodi binolarining asosiy qismi buzilib ketgan, qolgan joylari esa ijaraga topshirilgan. Zavod hududida uning tarixiga bagʻishlangan muzey ochilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala