Sergelida yog‘och uylar o‘rniga 9 qavatli uylar quriladi

© mytashkent.uzSergeli, yog‘och uylar
Sergeli, yog‘och uylar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev tashrifidan keyin Toshkentning Sergeli tumanidagi yog‘och uylar o‘rniga 2022-yilga qadar 500 ta ko‘p qavatli uylar quriladi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Sergeli tumani ma’muriyati rahbari Furqat Maqsudxo‘jayev aytishiga qaraganda, Sergelidagi yog‘och uylar o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli binolar quriladi nuz.uz xabariga asosan.

Sergeli tumanida davlat dasturi asosida 2017-2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli ko‘p xonadonli uylar quriladi. Yangi uylar 30 ming oilani uy joy bilan ta’minlaydi. Bu haqida tumanga prezident vazifa va vakolatlarini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tashrifidan keyin ma’lum bo‘ldi.

"Xalq finn uylari deb ataydigan yog‘och uylar qurilganinga 50-yildan oshdi. Ular quruvchilar uchun vaqtincha qurilgan uylar edi. Shuning uchun ham ushbu uylar o‘rniga zamonaviy 9  qavatli binolar qurishga qaror qilindi. Bugungi kunda bo‘sh turgan hududlarda 50ta shunday bino qurilishi allaqachon boshlangan", — dedi Furqat Maqsudxo‘jayev.

Hokimning so‘zlariga qaraganda, hozir yog‘och uylarda yashayotgan odamlarga uy ajaratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ma’muriyat rahbari ushbu masala qanday hal qilinishi haqida aniq ma’lumot bermadi, lekin uning so‘zlariga qaraganda — hech kim ko‘chada qolmaydi. Buzilgan har bir uy o‘rniga aholiga qonunda belgilangan tartibda uy ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0