Jamiyat

Ona Vatan qay hollarda oʻz "farzand"laridan voz kechishi mumkin?

© Sputnik / Aleksey TixomirovOʻzbek pasporti
Oʻzbek pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Yaqinda qabul qilingan “Fuqarolik haqida”gi qonunda Oʻzbekiston fuqarosi qanday hollarda fuqarolikdan mahrum boʻlishi mumkinligi belgilangan.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Sentyabr oxirida "Oʻzbekiston fuqaroligi haqida"gi qonun kuchga kirdi. Unda Oʻzbkiston fuqarolari qanday hollarda fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin va oʻzga fuqarolikini qabul qilganda Oʻzbekiston fuqaroligidan voz kechish tartibi belgilangan.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston fuqaroligini yoʻqotish uchun beshta asos bor:

 1.  Oʻzbekiston fuqarosi oʻzga davlat xizmatiga kirsa

 2.  Doimiy chet davlatda yashayotgan shaxs, uch yil mobaynida, asossiz konsullik hisobida turmasa

 3.  Oʻzbekiston fuqaroligi yolgʻon maʼlumotlar yoki hujjatlar berish natijasida olingan boʻlsa

 4.  Fuqaro oʻzga mamlakat foydasiga ishlab oʻz mamlakatiga katta ziyon yetkizsa

 5.  Oʻzga mamlakat fuqaroligini qabul qilsa

Oʻzbekiston qonunchiligi ikki fuqarolikni qabul qilmaydi, agar fuqaro oʻzga mamlakat fuqaroligini qabul qilsa u avtomatik ravishda Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum qilinadi.

Ushbu qonun qabul qilinmasdan oldin oʻzga mamlakat fuqaroligini qabul qilgan Oʻzbekiston fuqarosi arizasiga prezident imzo chekishi kerak boʻlar va odatda ushbu jarayon uzoq choʻzilib ketardi. Bu borada qabul qilingan yangi chora koʻp muammolarni hal qiladi va ushbu jarayonni osonlashtiradi.

Oʻzbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Diqqat: Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum boʻlish hollariga oydinlik kiritildi

MDH institutining Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi rahbari Andrey Grozinning fikriga koʻra, Oʻzbekistondan boshqa mamlakatlarga migratsiya oqimi kuchli, shuning uchun ham hukumatga fuqarolik sohasida tartib oʻrnatuvchi va oʻz fuqarolarini roʻyxatga oluvchi tizim kerak.

Sobiq Ittifoq hududida fuqarolikdan mahrum qilish boʻyicha Oʻzbekiston qonunlari — eng qattiqqoʻl qonunlardan biri. Sputnik Uzbekiston MDHning boshqa mamalkatlarida qanday hollarda fuqarolikdan mahrum boʻlish mumkinligi bilan qiziqdi.

Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Litva, Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Estoniya konstitutsiya va qonunlarida — ushbu mamlakatlarda tugʻilib oʻsgan kishi fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin emas deb yozilgan. Buni tushunsa boʻladi, mehribon ona oʻzi katta qilgan bolasidan voz kechmaydiku, hatto u biroz xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa ham.

Moldova, Armaniston va Latviya oʻz fuqarolarin fuqarolikdan mahrum qilishi mumkin ekan. Armaniston va Latviyada ham — ikkinchi mamlakat fuqaroligini olish — mamlakat fuqaroligidan mahrum boʻlishga teng. Latviya Yevropa Ittifoqida boʻlgani uchun ayrim hollarda fuqarolarga ikki mamlakat fuqarosi boʻlishga ruxsat beriladi.

Moldovada esa — chet el qurolli kuchlari safiga kirgani yoki ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun fuqarolikdan mahrum boʻlish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala