Putinning maosh haqidagi savoli adabiyot o‘qituvchisini dovdiratib qo‘ydi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Aleksandr Mixaylovich, men baribir sizni tinch qo‘ymayman. Yaxshisi hoziroq ayting, qancha maosh olishingizni", - deb talab qilib turib oldi Putin

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Yil murabbiyi" tanlovi g‘oliblari bilan uchrashuvda Armavirlik rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Aleksandr Shagalovga maosh haqidagi savol bilan murojaat qildi.

Prezident savolidan keyin Shagalov uyalgannamo jilmaygan. "Har xil, xizmatim, qolaversa o‘quvchilarim ko‘rsatayotgan natijaga bog‘liq. O‘rtacha 25-30 ming rubl chiqadi", — deb javob qilgan u.

"Aleksandr Mixaylovich, men sizni baribir tinch qo‘ymayman. Yaxshisi hoziroq ayting, qancha maosh olishingizni", — deb talab qilib turib olgan Putin.

"O‘tgan yil 26-28 ming oylik olar edim", — javob qilgan Shagalov.

Shundan so‘ng Rossiya prezidenti bu raqamlar Rossiya pedagoglarining o‘rtacha ish haqidan past ekanligini ta’kidlagan. 2015-yilda Rossiyada o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligi — 32 ming rublni, 2016-yilda esa 36 ming rublni tashkil qilgan. Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, maosh darajasi region va hayot tarziga bevosita bog‘liq: "Mamlakat shimolida o‘qituvchilar maoshi 70-100 ming rublni tashkil qiladi", — deb ta’kidlagan Vladimir Vladimirovich.

Yangiliklar lentasi
0