Chimon va Chorvoqni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda

Obuna bo‘lish
Joriy yilning fevralida Toshkent viloyati hokimligiga tegishli vazirlik va muassasalar bilan birgalikda mazkur hududning kelgusi rivojlanishini ko‘zda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirilgandi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkent viloyati hokimligi mamlakatdagi eng ommabop turistik maskani – Chimon-Chorvoq rekreatsion zonasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni tayyorlamoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zbekturizm"dagi manba.

Joriy yilning fevralida Toshkent viloyati hokimligiga tegishli vazirlik va muassasalar bilan birgalikda mazkur hududning kelgusi rivojlanishini ko‘zda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirilgandi.

Forbes: Chimon - MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi oromgohlardan biri

"Bugungi kunda Chimon-Chorvoq rekreatsion zonasini rivojlantirish uchun qator infrastrukturaviy muammolarni hal qilish zarur, aks holda xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish murakkab bo‘ladi. Shuning uchun hozirda hokimiyati tomonidan ushbu yo‘nalishdagi dolzarb loyihalar ro‘yxati shakllantirilmoqda, moliyaviy masala hal etilmoqda va shundan keyingina hududning turistik sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq harakatlarga o‘tish mumkin", — dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda O‘zbekiston hukumati Toshkent viloyatida 2015-yilga qadar qiymati 77 million dollardan ortiqroqni tashkil etuvchi turizm sohasini rivojlantirish dasturini tasdiqlagandi. Mazkur dasturga kiritilgan aksariyat loyihalar to‘liq yakuniga yetmagan.

Chimon-Chorvoq rekreatsion zonasi o‘zbekistonliklar va xorijlik mehmonlarning eng ommabop maskani hisoblanadi. Keyingi yillarda bu yerda qator zamonaviy mehmonxonalar qurildi va ishga tushirildi, sanatoriylar ta’mirlandi va tarixiy yodgorliklar restavratsiya qilindi. Biroq transport borasidagi muammolar hududning butun turistik salohiyatini namoyish etishga xalal bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0