Dunyoda

"Jabhat Fatah ash-Shom" Yevropada teraktlar uyushtirmoqchi

© AFP PHOTO / KARAM AL-MASRI"Jabhat an-Nusra" jangarilari
Jabhat an-Nusra jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
"Islom davlati" (ID) terrorchilik guruhi Suriya va Iroqda magʻlubiyatga uchrayotgani sababli "Jabhat Fatah ash-Shom" teraktlar tashkil etmoqchi

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. "Jabhat Fatah ash-Shom" ("Al-Qoida"ning Suriyadagi qanoti, oldingi "Jabhat an-Nusra") terrorchilik tashkiloti Buyuk Britaniya va Yevropada qator teraktlar uyushtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti Times gazetasiga asoslanib.

Nashrning xabar berishicha, soʻnggi vaqtda "Islom davlati" (ID) terrorchilik guruhi Suriya va Iroqda magʻlubiyatga uchrayotgani sababli ahvoli ogʻirlashgani barobarida "Jabhat Fatah ash-Shom" teraktlar tashkil etmoqchi.

Jabhat an-Nusra jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Jabhat an-Nusra” nomini oʻzgartirdi - nega?

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning soʻzlariga koʻra, "Jabhat Fatah ash-Shom" Buyuk Britaniya va butun Yevropaga "bevosita tahdid" soladi. Maʼlumotlarga qaraganda, hozirda guruh rahbarlari hujumlar rejasini ishlab chiqishmoqda.

ID va "Jabhat an-Nusra" terrorchilik guruhlarining faoliyati koʻplab mamlakatlarda taqiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala