Hodisalar

Xorazmda giyohvandlar toʻdasi qoʻlga tushirildi

Maʼlumotlarga koʻra, jinoiy guruh sakkiz kishidan iborat boʻlib, ular giyohvand moddalar transportirovkasi va savdosi bilan shugʻullanuvchi tarmoqlangan tizimni yoʻlga qoʻygan

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi kuch organlari vakillari Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik jinoiy guruhni qoʻlga olishga qaratilgan operatsiyani amalga oshirdilar. Jinoiy uyushma narkotik moddalarni yetishtirish, saqlash va sotish bilan shugʻullanganligi taʼkidlanmoqda.

Andijonda 20 kg giyohvand modda yashirilgan omborxona topildi
Maʼlumotlarga koʻra, jinoiy guruh sakkiz kishidan iborat boʻlib, ular giyohvand moddalar transportirovkasi va savdosi bilan shugʻullanuvchi tarmoqlangan tizimni yoʻlga qoʻygan. Jinoiy guruh faoliyatiga bogʻliq ilk maʼlumotlar 2016 yilning boshlarida olingan: oʻshanda tezkor guruh xodimlari Xorazm viloyatining "Sarimoy" postida 39 dona gugurt qutisiga taqsimlangan 75,1 grammdan ziyod  nasha(marixuana)ni Toshkentdan Urganchga olib oʻtmoqchi boʻlgan ikki nafar jinoyatchini qoʻlga olgan edi.

"Shundan soʻng oʻtkazilgan surishtiruv ishlari davomida tezkor guruh xodimlari ushbu giyohvand moddalarni xarid qilmoqchi boʻlgan shaxsning kimligini aniqlashgan va uning koʻrsatmalaridan soʻng yana 8,56 gramm nasha borligi maʼlum boʻlgan. Shuningdek, viloyat boʻylab keng koʻlamda taftish ishlari oʻtkazilgan. 24 manzil boʻyicha tekshiruv ishlarini olib borgan kuch xodimlari tomonidan katta miqdorda nasha va boshqa giyohvand moddalari aniqlangan. Shuningdek, tekshiruv davomida noqonuniy tarzda saqlangan pnevmatik toʻpponcha va ikki dona miltiq oʻqi topilgan", — deya taʼkidladi kuch tuzilmalaridagi manba

Jinoiy guruhning barcha aʼzolari 7 yildan 13 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala