Mirziyoyev Putinni tug‘ilgan kuni bilan birinchilardan bo‘lib tabrikladi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin
Prezident Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti tug‘ilgan kunini yaqinlari va do‘stlari davrasida nishonlaydi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Tojikiston rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni birinchilardan bo‘lib tabrikladilar, deb xabar beradi RIA Novosti.

Bugun Rossiya rahbari o‘zining 64 yoshini qarshi olmoqda. Peskov ilgariroq Putin tug‘ilgan kunini qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlari davrasida nishonlanishini bildirgandi. Bu kunga prezident hech qanday ommaviy tadbirlarni rejalashtirmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Peskov Vladimir Putin o‘z tavallud ayyomini qanday nishonlashini aytdi

"Birinchi navbatda, albatta, MDHdagi integratsion jarayondagi hamkasblar qo‘ng‘iroq qilib qutlashdi — bular Nazarboyev, O‘zbekistondan Mirziyoyev,  Aliyev, Atambayev, Rahmonlardir. Ular birinchilardan bo‘lib tabrikladilar", — dedi Peskov.

Davlat rahbarini G‘arbdan kimlar tabriklagani haqidagi savolga javob berarkan Peskov bu borada maxsus axborot tayyorlanishi va e’lon qilinishini bildirdi.

Qiziq fakt, bir necha yil ilgari Vladimir Putin Umar Hayyom (fors faylasufi, Samarqand va Buxoroda o‘qigan va yashagan) ijodiga qiziqishini aytgan va kayfiyatni ko‘tarish uchun uning she’rlarini o‘qishni maslahat bergandi.

Yangiliklar lentasi
0