Putinga atalgan sovg‘alar: timsohdan Damashq qilichigacha

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moldaviya prezidenti Vladimir Voronin Putinga tirik timsoh sovg‘a qilgan

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun 7-oktabr kuni tavalludining 64-yilligini nishonlamoqda. Davlat rahbarining tug‘ilgan kuniga nodir kitoblar, ussuriya yo‘lbarsi va hatto timsoh sovg‘a qilishgan, deb yozadi RIA Novosti

Putinning matbuot kotibi Peskovning aytishicha, odatda prezidentga tuhfa qilingan sovg‘alarning aksariyati prezident kutubxonasiga jo‘natiladi va o‘sha yerda saqlanadi, lekin ayrim sovg‘alarni Putin o‘zida qoldiradi.

Vladimir Putinga berilgan sovg‘alar orasida uning 50 yoshlik yubileyi uchun rus zargarlari tomonidan tayyorlangan Monomaxning qalpog‘i nusxasi va Ural yashma toshidan ishlangan federal okruglar xaritasi bor.

O‘sha vaqtlardagi Moldaviya prezidenti Vladimir Voronin Putinga tirik timsoh sovg‘a qilgan va quyidagi yozuv bitilgan tabrikni jo‘natgandi: "Timsoh – orqaga yurmaydigan yer yuzidagi yagona jonivor".

2008 yilda davlat rahbarining tug‘ilgan kuniga ussuriya yo‘lbarsining bolasini sovg‘a qilishgan. Ikki yarim oylik Masha laqabli yo‘lbarscha avvaliga Novo-Ogarevoda yashadi, keyinroq u Gelenjikdagi hayvonot bog‘iga keltirildi.

Putinning 60-yillik tavallud ayyomiga Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 1910-yilda chop etilgan Aleksandr Benuaning Sarskoe selo haqidagi kitobini sovg‘a qilgandi. 

Rossiya rahbari keyingi tug‘ilgan kunini Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti o‘tayotgan Indoneziyaning Bali orolida nishonladi. Ertalab Putin majlislar zaliga kirib kelganida Indoneziya yetakchisi Susilo Bambang Yudoyono gitara chalib Happy Birthday to You qo‘shig‘ini ijro etgan. Boshqa ishtirokchilar esa unga jo‘r bo‘lishgan. Keyinroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Putinga an’anaviy yapon ichimligi sake, XXR raisi Si Szinpin esa tort tuhfa qilgandi.

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishVladimir Putinga sovg‘a qilingan yo‘lbarscha
Vladimir Putinga sovg‘a qilingan yo‘lbarscha - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putinga sovg‘a qilingan yo‘lbarscha

Yoqimli surprizlar

Davlat rahbariga safarlari chog‘ida ham qiziqarli sovg‘alar berishgan.

2003 yilda taniqli fransuz yozuvchisi Moris Druon Putinga o‘zining rus tilidagi yangi kitoblarini sovg‘a qilgan. O‘sha yili futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Georgiy Yarsev futbolchilar nomidan davlat rahbariga oltin butsa topshirgan.

Oradan ikki yil o‘tib Rossiya futboli tarixida ilk bor UYeFA kubogini qo‘lga kiritgan SSKA futbolchilari Putinga g‘oliblik uchun maxsus chiqarilgan tillarang futbolka sovg‘a qilishgan. Futbolkaning old qismiga "2004-2005 yilgi UYeFA kubogi g‘olibi", orqa qismiga esa 1 raqami va Putinning familiyasi yozilgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Peskov Vladimir Putin o‘z tavallud ayyomini qanday nishonlashini aytdi

2005 yilda prezident strategik bombardimonchi samolyotida ilk parvozini amalga oshirgach, uchuvchilar unga Tu-160 "Pavel Taran" samolyoti maketini, Oliy bosh qo‘mondonning barcha harbiy samolyotlardagi parvozlari ro‘yxati bitilgan parvoz kitobchasini taqdim etishgan.

Oradan bir yil o‘tgach, "Yekaterinburg" atom suvosti kemasi komandiri Putinga Andreyev bayrog‘i va Shimoliy qutbdagi ballistik raketa uchirilgan joydan olingan bir shisha suv sovg‘a qilgan.

2007 yilda Moskva va Butun Rus patriarxi Aleksiy Ikkinchi Rossiya yetakchisiga Rus pravoslav cherkovi birligining qayta tiklanishi haqidagi hujjatni yodga solib turuvchi ikona sovg‘a qildi.

Yozuvchi Aleksandr Soljenitsinning bevasi Natalya Soljenitsina Putinga yozuvchining chop etilishi rejalashtirilgan 30 jildlik asarlarining 11 jildini taqdim qildi. Bundan tashqari, u Soljenitsin asarlarining audiotalqini yozilgan kompakt-disklarni ham tuhfa etgan.

2011 yilda Branskda "Xatsun" me’moriy majmuasi ochilishi marosimida faxriylardan biri Vladimir Putinga eski sovet rublini sovg‘a qildi.

2012 yilda xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi murabbiyi jamoa nomidan Putinga Rossiya g‘alaba qozongan jahon chempionatidagi suvenir shaybani topshirdi.

Argentina prezidenti 2014-yilda Putinga bandoneon – tango ijro etilganda foydalaniladigan musiqa asbobini, sobiq kanada-amerika xokkeychisi Toni Espozito Rossiya prezidenti xokkeychi ko‘rinishida tasvirlangan surat sovg‘a qilgan.

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin va Hamad bin Isa al Xalif
Vladimir Putin va Hamad bin Isa al Xalif - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin va Hamad bin Isa al Xalif

2015 yilda Bahrayn qiroli Hamad bin Isa al Xalif Rossiya rahbariga qirolning buyurtmasi bilan Damashq po‘lati va qimmatbaho metallardan tayyorlangan G‘alaba qilichini tuhfa qilgan.

Shuningdek, bu yil unga Rossiya ayollar gandbol terma jamoasi Olimpiada finalida o‘ynagan to‘pini sovg‘a qildi.

Jonivorlar

Davlat rahbariga jonivorlarni ham sovg‘a qilib turishadi. Ular orasida Tataristonda sovg‘a qilingan Vadik laqabli ot, Bolgariya rahbari sovg‘a qilgan karakachan zotli kuchuk ham bor.

Putinning o‘zi kuchukka laqab topolmagach, rossiyaliklardan bu borada yordam so‘radi. Istagan kishi hukumat rahbarining saytiga o‘z taklifini yo‘llashi mumkin edi. Baffi laqabini taklif qilgan besh yoshli Dima Sokolov g‘olib bo‘ldi va Putin o‘sha kuniyoq bolakay bilan uchrashdi.

2012 yilda Yaponiyaning Akita prefekturasi vakillari 2011-yil martida sunami va zilzila oqibatida jabr ko‘rgan hududga Rossiya tomonidan ko‘rsatilgan yordamga minnatdorlik sifatida Sheremetyevo aeroportida Yume ("orzu") laqabli akita-inu zotli kuchukni topshirishgan.

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin va Sindzo Abe
Vladimir Putin va Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin va Sindzo Abe
Yangiliklar lentasi
0