Ekspertlar: Toshkent va Boku terrorizmga qarshi birga kurashadi

© MO AzerbaydjanaZokir Gasanovning O‘zbekistonga tashrifi
Zokir Gasanovning O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon mudofaa vaziri o‘zbekistonlik hamkasbi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Gasanov O‘zbekiston mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyev bilan uchrashdi.

Vazirlar Tog‘li Qorabog‘ nizosini bartaraf etish masalalarini hamda Boku va Toshkent o‘rtasidagi harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Moskva xalqaro munosabatlar instituti Analitika markazi katta ilmiy xodimi Leonid Gusevning fikricha, bu davlatlar o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri terrorizmga qarshi kurash bo‘lishi mumkin.

"Ikkala davlat uchun ham terrorizmga qarshi kurash muhim masala. O‘zbekiston ID guruhi paydo bo‘layotgan Afg‘oniston bilan chegaradosh. Ozarbayjon esa Turkiya va Eronning kurd viloyatlari bilan chegaradosh. Hozircha u yerda tinchlik hukm surayotgan bo‘lsada, Ozarbayjon vaziyat keskinlashishi mumkinligidan xavfsiramoqda", — deydi Gusev.

"Natsionalnaya oborona" jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko ham Gusevning fikriga qo‘shiladi. U ham Ozarbayjon va O‘zbekiston xavfli hududda joylashgani va umumiy tahdidlarga qarshi kurash o‘zaro hamkorlik va muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lishini ta’kidlaydi.

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Shu bilan birga ekspert Toshkentni Ozarbayjondan qurol sotib olish qiziqtirishi mumkinligini taxmin qiladi.

"Ehtimol, O‘zbekistonni Ozarbayjondan u yoki bu turdagi qurolni sotib olish qiziqtirishi mumkin. Bu birinchi navbatda minomotlar, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar va harbiy jihozlar bo‘lishi mumkin", — deydi Korotchenko.

Shu bilan birga u Ozarbayjon vazirining Toshkentga tashrifidan keyin o‘zaro hamkorlikda o‘ta sezilarli jiddiy o‘zgarishlarni kutmaydi.
Ikki respublika o‘rtasidagi harbiy aloqalar 2009-yilda boshlangan bo‘lib, o‘shanda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgan.

O‘shandan buyon bu davlatlarning mudofaa vazirligi vakillari o‘zaro tashrif uyushtirishadi: 2010-yilda Ozarbayjon mudofaa vaziri Safar Abiyev Toshkentga kelgan bo‘lsa, bir yildan so‘ng O‘zbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiyev javob tashrifi bilan Bokuga borgan. 2014-yilda O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, respublika qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari general-mayor Shavkat Normatov Ozarbayjonga tashrifi doirasida mamlakat mudofaa vazirligi, qator mudofaa korxonalari va harbiy o‘quv yurtlarida bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0