O‘zbekistonda transport vositasini olib qochganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishYo‘ldagi transport harakati
Yo‘ldagi transport harakati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi uch yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Ayni paytda deputatlar yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihasi muhokama qilmoqda. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168- va 267-moddalariga qo‘shimcha kiritish nazarda tutilgan, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana" Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmatiga asoslanib.

Amerika valyutasi konvert ichida - Sputnik O‘zbekiston
Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Sherzod To‘xtashevning so‘zlariga qaraganda, olib borilgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi uch yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan. Shu bois, transport vositasini olib qochish jinoyati uchun jazoning sodir etilgan qilmishga mutanosibligini ta’minlash, jinoyat qonunchiligining ogohlantiruvchi-profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qochganlik uchun 5-yildan 10-yilgacha (amalda – 3-5 yilgacha), bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 10-yildan 15-yilgacha (amalda – 5-10 yilgacha), uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 15-yildan 20-yilgacha (amalda – 10-15 yil) ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, xabarda aytilishicha,so‘nggi yillarda firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, o‘zgalarni aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan muayan mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritayotgan shaxslar ustidan tegishli organlarga murojaatlar ko‘paygan.

– Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralarining qo‘llanishi, jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda profilaktik tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, fuqarolarning shaxsiy mulkini egallash bilan bog‘liq ayrim toifadagi jinoyatlarning o‘sib borishi kuzatilmoqda, – deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Davron Aripov. – Jazoning sodir qilingan jinoyatga mutanosibligini ta’minlash, bunday qilmishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida kodeksning 168-moddasiga tegishli tartibda o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Binokl tutgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi qonun bilan himoyalandi

Xususan, firibgarlikning barcha turlari va holatlarida qo‘llanilib kelgan jazo muddatlari, jarimalar miqdori uzaytirilmoqda. Agar ushbu holat juda ko‘p miqdorda yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa eng kam oylik ish haqining 400-600 baravari miqdoridagi jarimadan 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha belgilash taklif etilmoqda (amalda – 5-10 yilgacha). Bunday o‘zgarishlar mazkur moddaning barcha shakllariga tegishli.

Qonun loyihasi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek jinoyachilikka qarshi kurash choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0