Siyosat

Fikr: Mirziyoyev Karimovdan farq qilishini koʻrsatishga majbur

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston Respublikasi prezidenti v.b., Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti v.b., Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tashqi siyosatdagi faolligi majburiy xarakterga ega, deb hisoblaydi oʻzbek siyosatshunosi Rafail Sattorov

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Sputnik Tojikiston nashri Oʻzbekiston hukumati qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni izga solishga harakat qilayotgani haqida maqola eʼlon qilgan. Nashr siyosatshunos Rafail Sattorov bilan bogʻlanib, undan hozirgi kundagi "iliqlashuv" jarayoniga izoh olgan.

Oʻzbekistondagi chegara-nazorat punkti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻn bir yillik tanaffus: Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarining qayta jonlanishi
Sattorovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev siyosatga, jumladan, tashqi siyosatga haqiqatdan ham koʻplab oʻzgarishlar kiritishga ulgurgan.

"Ha, munosabatlarni normal holatga keltirish uchun muayyan harakatlarni amalga oshirish talab etiladi, jamiyatga nimadir berish kerak. Ammo shu bilan birga, havolanmasdan, hammasiga teran aql bilan qarash lozim. Aytmoqchimanki, mamlakatlar oʻrtasida fundamental muammolar mavjud boʻlgan, bor va bundan keyin ham boʻladi. Buni chegaraviy masalalar, GES qurilishi hamda millatlararo muammolar misolida koʻrish mumkin", — deya fikr bildirgan Sattorov.

Siyosatshunos fikricha, ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev boshqa siyosatchilardan, alqissa, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidentidan farq qilishini,  turli masalalarga yechim topishda oʻz fikriga tayanib ish koʻrishini namoyon etishga majbur.

"Ammo muammolar yechimini tezda hal etishga imkon ham vaj ham yoʻq", — degan ekspert.

Siyosatshunos taʼkidiga koʻra, hamma narsani birdaniga oʻzgartirishning iloji yoʻq, negaki Oʻzbekistondagi "siyosiy oshxona" bunga hali tayyor emas.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi
"Munosabatlarda kuzatilayotgan "iliqlik"ni saylov jarayonlariga bogʻlash ham toʻgʻri emas. Bu harakatlar iqtisodiy harakter kasb etishi ehtimolga yaqin", — deydi ishonch bilan ekspert.

Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Tojikistonga safaridan ham ramziy maʼno izlash kerak emas, deb hisoblaydi Sattarov.

"Toʻgʻri, bu yoʻnalishda allaqanday siljishlarni kuzatish mumkin, ammo Tojikistonning biqinida Afgʻoniston joylashganini, shu bois tahdidlar mavjudligini yodda tutish kerak. Bunda Oʻzbekiston oʻzini Tojikistondan himoya qilyapti, deyish ham nooʻrin — bu muammo negizida global xavfsizlik masalalari yotibdi", — deb taʼkidlagan ekspert.

Siyosatshunos, shuningdek, Oʻzbekiston munosabatlarni yaxshilashda ilk qadamlarni qoʻyar ekan, qoʻshnilardan ham shunga yarasha javob kutayotgani muhim ahamiyat kasb etishiga eʼtibor qaratgan.

"Harakat bir tomonlama boʻlmaydi. Qoʻshnilarning barchasi egiluvchanlikni, yakdillikni namoyish etib, haqiqatda doʻstona munosabatlar oʻrnatishlari lozim", — deb taʼkidlagan Sattorov.

"Mintaqada munosabatlarni yaxshilashga urinayotgan Oʻzbekiston qandaydir iqtisodiy ittifoqlarga qoʻshilishini umid qilish yaramaydi, chunki bu dargumon", — deb hisoblaydi siyosatshunos.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala