Toshkentda “Koshkent” bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / / Stringer"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Kuzgi koshkent ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda birinchi mushuklar ko‘rgazmasi “Kuzgi koshkent” bo‘lib o‘tdi.

 

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bugun Toshkentda birinchi mushuklar ko‘rgazmasi – “Kuzgi koshkent” bo‘lib o‘tdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Ko‘rgazmada turli tuman mushklar qatnashdi.  Ular orasida narxi bir necha ming dollar bo‘lgan zotdor mushklar qatorda oddiy lekin juda yoqimtoy uy mushuklari ham bor edi.

 

© Sputnik / Stringer"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Vistavka Osenniy koshkent - Sputnik O‘zbekiston
"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Ko‘rgazmada qatnashgan mushuklar antiqa va xilma-xilligini ularning zoti nomidan ham bilib olsa bo‘ladi, masalan: kanadalik sfinks, shotlandiyalik osmaquloq, bambino, elf, bengallik, fors mushugi, savanna, serval, meynkun va boshqalar.

Ko‘rgazmada turli zotdor mushuk bolalarini, barcha kerakli hujjatlari bilan birga  sotib olish imkoni ham bor edi. Zotdor bo‘lmagan uy mushuk bolalarini esa – bepul tarqatishdi.

 

© Sputnik / Stringer"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Vistavka Osenniy koshkent - Sputnik O‘zbekiston
"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan ayrim mushukbozlar, o‘zlarining sevimli jonivorlari qaysi zotga taaluqli ekanligini ham soha mutaxassislari yordamida bilib olishdi. Bir necha yil ko‘chadan topib olingan mushuk bolasi – uraleks zotidan bo‘lib chiqdi. Bu albatta uning mehribon egalarini quvontirdi.

Marokkolik serval zotli mushuk – ko‘rgazmaning eng qimmat a’zosi bo‘ldi. Uning narxi 14000 $ ekan.

 

© Sputnik / / Stringer"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Vistavka koshek Osenniy Koshkent - Sputnik O‘zbekiston
"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Mushuklar orasida haqiqiy qahramon har bor ekan. Aytishlariga qaraganda, toshkentlik Gosha ismli mushuk o‘z egasini chayondan chaqishidan asrab qolgan ekan.

 

Tashkilotchilar ushbu ko‘rgazma katta yo‘lning boshi ekanligiga va O‘zbekistonda felinologiya rivojlanishiga katta hissa qo‘shishiga umid bildirishdi. Felinologiya – mushuklarni o‘rganidagian fan.

Birinchi bor o‘tkazilishiga qaramasdan FARUS felinologiya assotsiatsiyasidan xalqaro maqom oldi. “Kuzgi koshkent”ga dunyoda taniqli felinologlar: rossiyalik Olga Sinitsina va qozog‘istonlik Yevgeniy Mechkovskiy lar tashrif buyurdi.

 

© Sputnik / Stringer"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi
Vistavka Osenniy koshkent - Sputnik O‘zbekiston
"Kuzgi koshkent" ko‘rgazmasi

 

Yangiliklar lentasi
0