Angrenda yil oxiriga qadar 7 zamonaviy korxona ishga tushadi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishKorxona binosi
Korxona binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi korxonalar kompozit armatura, sirlangan keramogranit, sopol plitka, plastmassa, akril, fomeks va boshqa materiallar ishlab chiqaradi.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. “Angren” Maxsus industrial zonasida 2016-yil oxiriga qadar yetti ishlab chiqarish korxonalari ishga tushadi, deb xabar qilishdi Sputnik muxbiriga MIZ rahbariyati.

Yangi korxonalar kompozit armatura, sirlangan keramogranit, sopol plitka, plastmassa, akril, fomeks va boshqa materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashagan bo‘ladi.

“Yangi korxonalarning asosiy qismi chet el sarmoyalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan Italiyaning Sacmi va Xitoyning Gulf Cable Trading Company korxonalari 20 milliondan ortiq sarmoyani keramogranit mahsuloti ishlab chiqaradigan korxonaga kiritishdi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 4,5 mln metr kvadrat mahsulotdir. Korxona tashkil qilingan 2012-yildan beri bu yerda 182,5 mln dollar sarmoyalar o‘zlashtirib olindi”, — deyilgan xabarda.

Bugungi kunda Maxsus industrial zonada 11 korxona ishlab turibdi. Ushbu yilning sakkiz oyi davomida korxonalar 618,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishdi va 6,7 mln dollarlik mahsulot eksport qilishdi.

Bu yerda 1300 ishchi o‘rinlari yaratilgan. Yangi korxonalar paydo bo‘lishi bilan yana 380 ishchi o‘rinlari paydo bo‘ladi.

Korxonalar qurilishi bilan bir vaqtda ularni xalqaro transport tizimiga kiritish uchun,  kerakli transport infrastrukturasi qurilishi ham davom etmoqda. Xususan, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” ushbu hududda temir yo‘l yuk terminali qurilishi olib bormoqda. Terminal qurilishiga 2,2 mln dollar sarmoya kiritildi.

“Angren” MIZ 2012-yilning aprel oyida O‘zbekiston birinchi prezidenti qaroriga binoan tashkil qilingan. Bu yerda tashkil qilingan korxonalarga, kiritilgan sarmoyaga qarab 3-yildan 7-yilga qadar soliq imtiyozlari beriladi. 300 mingdan 3 mln dollarga qadar sarmoya kiritganlarga 3-yilgacha, 3 – 10 mln sarmoya kiritganlarga – 5-yil, 10 mln dollardan ortiq sarmoya kiritganlarga esa – 7-yil davomida soliq imtiyozlari beriladi.

Yangiliklar lentasi
0