Antoniu Guterresh - BMTga bosh kotib etib saylandi

© KENA BETANCUR / AFPBMT Bosh kotibi - Antoniu Guterresh
BMT Bosh kotibi - Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portugaliya sobiq bosh vaziri balkim tashkilotga yangi hayot bag‘ishlar?

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. BMTning yangi rahbari etib Portugaliyaning sobiq bosh vaziri va BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha komissari Antoniu Guterresh tayinlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

BMT binosi - Sputnik O‘zbekiston
Bugun BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi boshlanadi

Guterresh BMTning to‘qqizinchi rahbari bo‘ldi. Portugaliyalik boshqaruvchiga, albatta, o‘ta murakkab me’ros qolgan: ko‘plab mojarolar alangasida yonayotgan dunyo, global to‘qnashuv yoqasiga kelib qolgan,  oldin tinch va totuv bo‘lgan Yaqin Sharq mamlakatlarida fuqaro urushlari lovullamoqda, “Islom davlati” terrorchilari butun dunyoga tahdid solmoqda, Yevropa Ittifoqi tarqalish arafasida, Rossiya, 90-yillarda o‘rab olingan tor devorlar ichida, yelkasini rostlamoqda.

Boshqa tomondan qaraganda, aynan hozir, boshidan o‘ziga tegishli bo‘lgan, ulkan vakolatlarni qaytarish uchun, BMTda takrorlanmas imkoniyat paydo bo‘lgan. Xususan, BMT umujahon boshqaruvining ajralmas mexanizmiga aylanishi kerak. Yangi rahbar buning uddasidan chiqarmikan?

O‘t bilan suv o‘rtasida

Odatda, BMT bosh kotibi vazifasiga, sobiq tashqi ishlar vaziri yoki diplomatik xizmatchi tayinlanar edi. SSSR va AQSh orasidagi sovuq urush davrida bosh kotibning asosiy vazifasi — ikki buyuk davlat orasida BMTni muzokaralar maydoni sifatida saqlab qolish edi.

BMT Xavfsizlik Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyani qabul qilmadi

Sovuq urush tugaganidan keyin esa, BMT bosh kotibining vazifalari – faqat diplomatik xususiyatga ega bo‘ldi. Bosh kotibning asosiy vazifasi – o‘zini, go‘yoki biror ishni hal qiladigan odamdek, tutish edi. Ma’lum vaqtgacha, bosh kotib, AQSh yordamida, buning uddasidan chiqdi ham, lekin BMT rezolyutsiyasi bo‘lishiga qaramasdan, AQSh Iroqqa zarba berganidan keyin – BMTning nochor holatiga hammaga oshkor bo‘ldi.

Noqulay savollardan qochishga usta bo‘lgani uchun — ilonbaliq nomini olgan Janubiy Koreyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Pan Gi Mun BMTga Bosh kotib bo‘lganidan keyin, tashkilotning obro‘si yanada  tushib ketdi, mamlakatlarning tashkilotga bo‘lgan ishonchi yanada kamaydi. Bundan buyon ushbu nufuzli xalqaro minbari, barchaning oldida BMT nizomini yirtib tashlashdan boshq narsa uchun yaramay qoldi. Chunki uning qo‘lidan hech narsa kelmay qoldi.

Shu qatorda, BMTning Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha hatti harakati xijolat bilan yakunlandi: G‘arb mamlakatlari umumiy qoidalarga amal qilishnis istamadi, Rossiya esa AQShga yon berishni istamadi.

Uddalay olishmadi

Bugungi kunda vaziyat biroz o‘zgara boshladi. AQSh butun dunyoni boshqarishga qurbi yetmasligini tushunib yetdi, shekilli. 2000-yillardan buyon o‘zlari qatnashgan barcha urushlarni yutqizganidan keyin, AQSh bunga tushunib yetdi, shekilli.  

“Yevropa diplomatiyasi qarama-qarshiligining mumtoz strategiyasini o‘rganib chiqmasdan turib, Vashington katta strategiyani yaxshi tushunmaydi. Buning natijasida ular nozik joyni sindirib, tor joyni uzib, o‘zlariga dushman orttirishga juda usta. AQShning aynan shunday siyosati doimo mojaro va krizislar keltirib chiqaradi”, — deb yozadi "Vneshnyaya politika" tahlil agentligining katta hamkori Andrey Sushensov.

Suriya kampaniyasi AQSh kuch va ta’sir chegarasini yaqqol namoyish qildi. Rossiya yoki radikal islomchilar bilan hamkorlik qilmasdan turib, Vashingtonning qo‘lidan hech narsa kelmasligi — Suriyada yaqqol ko‘rindi.

Hozir AQShning asosiy maqsadi – Suriya mojarosidan sharmanda bo‘lmay chiqish yoki o‘z ulushini imkon qadar kamaytirish niyatida. Saudiya Arabistoni bo‘lsa, Suriya mojarosidan foydalanib, AQShni, o‘zining azaliy dushmani bo‘lgan, Eron bilan yuzma-yuz to‘qnashtirish niyatida.

NATO bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
NATO sobiq bosh kotibi AQShni “jahon politsiyachisi” bo‘lishga chaqirdi

AQShda ham hukumat almashishi kutilmoqda. Yangi ma’muriyat, AQSh uchun o‘ta muhim savolga javob berishi kerak: o‘ziga zarar evaziga, o‘zgalar muammolarini hal qiluvchi “global politsiyachi” bo‘lishmi yoki dunyo mojarolariga aralashmasdan, o‘z uyidagi muammolar bilan shug‘ullanishmi.  

Agar Tramp prezident bo‘lsa, u albatta, ikkinchi variantni tanlaydi. Xillari, esa avval “barchaning ishiga aralashish” siyosatini qo‘llashga o‘rinib ko‘radi. Yana bir qonli mojaro va muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin esa, u ham ikkinchi variantga qaytishga majbur bo‘ladi. Umid qilamizki, ushbu mojaro yadro qurolisiz bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lib olish va tarqalish

Dunyoda AQSh ta’siring keskin kamayishi ham yangi mojaroalar keltirib chiqarishi mumkin. Masalan AQSh ta’siridan chetda qolgan Yaponiya va Saudiya Arabistoni yadro qurolli mamlakat bo‘lishga harakat qilishi, Turkiyaning o‘zining ayrim qo‘shnilariga nisbatan tajovuzkorligi oshishi, Rossiya va Xitoy orasida munosabatlarning keskinlashuviga olib kelishi mumkin.

Yamanda norozilik namoyishi - Sputnik O‘zbekiston
Yamandagi zarba tufayli Saudiya AQShning yordamisiz qolishi mumkin

Shuning uchun ham AQSh ehtiyotkorlik bilan, sekin asta “jahon politsiyasi” rolidan voz kechishi kerak. Lekin shu bilan bir vaqtda barcha yetakchi mamlakatlar ishtirokida, oson bo‘lmaydigan muzokaralar yo‘li bilan, yangi “Orkestr” tuzilishi kerak. AQSh ma’lum vaqt davomida orkestrga dirijer bo‘lishi mumkin, lekin barcha yaxshi ijrochilar, dirijer bilan munosabatlaridan qat’iy nazar, ushbu “orkestr”ga kiritilishi shart.

Misol uchun, aytaylik rus balalaykasi orkestrga kiritmasdan, chetga surib tashlansa, u baribir o‘zi bilgan musiqasini chalaveradi, shu bilan butun orkestr musiqasini buzishi mumkin. Sao — Xitoy nayi ham orkestrdan chiqarib tashlansa ham — xuddi shunday bo‘ladi.

BMT Xavfsizlik Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyani qabul qilmadi

Bugungi kunda bunday uyg‘un hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mavjud bo‘lgan yagona maydon – bu BMT. BMTning Xavfsizlik Kengashi aynan ushbu “orkestr” ishtirokida chalingan konsert desak adashmaymiz. Ushbu usul dunyo muammolarini tinchlik va hamjihatlik yo‘li bilan hal qilishning yagona yo‘li  bo‘ladi. 

Bu buyuk ishlarni amalga oshirish uchun, dastavval tashkilot samaradorligini oshirish kerak, muhim ichki islohotlar o‘tkazish kerak, burokratiyani kamaytirib, kerakli lavozimlarga javobgar shaxslarni tayinlash kerak.

Umid qilamizki Guterreshning ushbu lavozimga belgilanishi bunday sharafli yo‘lning boshi bo‘ladi. Portugaliyada bosh vazir bo‘lgan vaqtida u mamlakatda muhim moliyaviy islohotlar o‘tkazishga va davlat xarajatlarini kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Buning natijsida Portugaliya YeIga a’zo bo‘lish shartlarini bajargan edi.

Xavfsizlik Kengashini qanday islohot qilish kerak?

Ayrim muammolarni hatto Guterresh ham hal qila olmaydi. Masalan – Xavfsizlik Kengashi. Uning a’zolari tashkilotning 70-yillik tarixini namoyish qiladi. 

MDH davlatlari rahbarlari Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlat rahbarlari: BMT Xavfsizlik kengashi yanada nufuzli tashkilot bo‘lishi kerak

Ayrim mamlakatlar XKni Yaponiya, Germani va Braziliya kabi yangi va munosib a’zolar bilan kengaytirish tarafdori.  Boshqalar esa — XKdagi “veto” huquqini bekor qilish tarafdori. Ko‘p qirrali dunyo tomoniga harakat qilinayotganda bu muhim omil bo‘lishi mumkin. 

Konsensus – yakdillik yoki hamdardlik asosida qaror qabul qilish ham – boshqaruvning eng samarali yo‘li hisoblanmaydi. Ayniqsa, global yoki regional boshqaruv organi haqida gap ketganda. Bunga hozirgi Yevropa Ittifoqi yaqqol misol bo‘lishi mumkin.

Muammo shundaki Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashi nizomiga birinchi o‘zgarish kiritilishiga, (ya’ni Xitoy, Yaponiya va Braziliya XKga a’zo bo‘lishiga) mutlaq qarshi. Xitoy esa ikkala o‘zgarish kiritilishiga ham qarshi. Ularni Guterresh ko‘ndira olarmikan?

 

Yangiliklar lentasi
0