Ilxom teatrida rassom Shakuning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Shaku - rassom Shaxzoda Yusupjonovaning "Yasha Sev Ijod qil" nomli birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 10 okt —Sputnik. Toshkentdagi Ilhom teatrida yosh rassom Shaxzoda Yusupjonovaning "Yasha Sev Ijod qil" nomli birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Yusupjonova Shaxzoda Alisherovna Toshkentda 1995-yilda tug‘ildi. Yoshligidan rasm chizishga qiziqdi. 2010-yilda Turin akademik litseyiga o‘qishga kirdi. 2011-yilda

Galini Sarkesans tavsifnomasini olib, manzara ustasi Mirzaxmedov Hakim Karimovich ustozligida ijod yo‘lini boshladi.

"Men hali o‘z yo‘nalishimni aniq topdim deb ayta olmayman, haligacha o‘z o‘rnimni qidirmoqdaman, rivojlanishga, o‘z ishimni yaxshilashga urinib kelmoqdaman. Hozir bir narsani aniq aytishim mumkin — men ijodimda o‘zimga hech qanday to‘siq qo‘ymayman, har doim meni ilhomlantirgan narsa ustida zavq bilan ishlayman", — dedi rassom.

Shaku — taxallusi paydo bo‘lishi rassomning bolalik yillariga bog‘liq ekan. Rassomning onasi yoshilgida uni shu nom bilan atagan ekan.

"Yasha Sev Ijod qil — ushbu oddiy so‘zlarda kuchli ma’no yashrilgan. Har bir inson o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi kerak. O‘zi  qilayotgan ishni sevib bajarishi va hayotdan bahra olishi kerak", — deb ko‘rgazma mavzusiga izoh berdi yosh rassom.

Yangiliklar lentasi
0