Toshkentda ilk besh yulduzli Hyatt mehmonxonasi ochildi

© Sputnik / StringerHyatt Regency Tashkent sayti
Hyatt Regency Tashkent sayti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiymati 205 million dollarlik loyiha O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilgan

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Toshkentda besh yulduzli Hyatt Regency mehmonxonasi ochildi, deb ma’lum qildi shahar hokimiyati vakili.
"Mehmonxonaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi", — dedi agentlikka suhbatdosh.

2012 yil aprelida Hyatt International, Toshkent shahar hokimiyati va O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi poytaxtning markaziy qismida "besh yulduzli" toifasidagi 300 o‘rinli mehmonxona qurish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Qiymati 205 million dollarlik loyiha O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilgandi.

Kelishuv doirasida Hyatt International mehmonxonani loyihalashtirish, qurish va jihozlash davrida texnik hamda mehmonxona boshqarish bo‘yicha maslahat xizmatini ko‘rsatdi, mehmonxonaga Hyatt Regency savdo markasidan foydalanish huquqini hamda u ishga tushganidan keyin foydalanish uchun 5 million dollar miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam berdi.

Yangiliklar lentasi
0