Seul KXDRga zarba berishga tayyor

Obuna bo‘lish
Shu paytga qadar bunday keng miqyosdagi harbiy mashqlar o‘tkazilmagan

TOShKENT,  10 okt — Sputnik. Janubiy Koreya Pxenyan tomonidan yadro qurolini ishlatishga urinishni sezishi bilanoq KXDRga oldindan zarba berishga tayyor, dedi Janubiy Koreya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Mun San Gun, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Shimoliy Koreya yadro qurolidan foydalanishga urinayotganligi alomatini sezishimiz bilanoq biz o‘zimizni himoya qilish maqsadida oldinroq zarba beramiz", — deya Mun San Gunning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ronxap agentligi.

Bu so‘zlar BMTning ogohlantirish va sanksiyalariga qaramasdan yadro qurolini ishlab chiqarayotgan KXDRning tahdidiga Seul qanday javob qaytarishi haqida savolga javoban aytildi.

KXDRdagi raketa sinovi - Sputnik O‘zbekiston
KXDR navbatdagi yadro sinoviga tayyorlanmoqda

Mazkur bayonot Janubiy Koreya va AQShning besh kunlik Invincible Spirit 2016 harbiy-dengiz mashqlari arafasida e’lon qilindi. Shu paytga qadar bunday keng miqyosdagi harbiy mashqlar o‘tkazilmagan.

Bu mashqlar KXDRni cho‘chitish uchun o‘tkazilmoqda, unda AQShning "Ronald Reygan" atom aviatashuvchisi ham qatnashadi. Yaponiyaning Yokosuke harbiy bazasida joylashgan bu kema 80ga yaqin samolyot va 5400 kishini tashishi mumkin.

Ushbu "suzuvchi aviabaza"ga qo‘shimcha ravishda Curtis Wilbur (DDG-54), John S. McCain (DDG-56), Fitzgerald (DDG-62), Stethem (DDG-63) va Barry (DDG-52) esmineslari ham o‘quv mashqlarida qatnashadi. Shuningdek, AQSh Janubiy Koreyaga Tinch okeanidagi Guam orolidagi aviabazadan V-2 ko‘rinmas bombardimonchi samolyotini ham keltiradi.

Ronxap agentligining baholashicha, bu 9-sentabr kuni beshinchi yadroviy sinovini o‘tkazgan Shimoliy Koreyaga nisbatan o‘ziga xos "ogohlantirish" bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0