O‘zbekistonda ham Pokemon Go o‘yini rasman ishga tushdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPokemon Go o‘yini
Pokemon Go o‘yini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokemon Go o‘yinini iPhone va Android smartfonlariga yuklab olish mumkin

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Yaponiyaning Nintendo kompaniyasi tomonidan chiqarilgan Pokemon Go o‘yini O‘zbekistonda rasman ishga tushdi, deb xabar beriladi o‘yin saytida.

Yaponiyada Pokemon Go sababli inson halok bo‘ldi

O‘zbekistondan tashqari o‘yinni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Mongoliyada ham o‘ynash mumkin bo‘ldi.

Pokemon Go o‘yinini iPhone va Android smartfonlariga yuklab olish mumkin.

Mazkur o‘yin shu yilning 6-iyulida chiqarilgan bo‘lib, uni shu kungacha 100 milliondan ortiq foydalanuvchi yuklab olgan. O‘yinda to‘ldirilgan voqelik unsurlaridan ham foydalaniladi: ushbu o‘yinni o‘ynayotgan kishi real olamda yashiringan pokemonlarni qidirib topishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0