Jamiyat

Mirziyoyev qabulxonasiga kelgan murojaatlar bilan ishlovchi maxsus boʻlim tashkil qilindi

© SputnikShavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston aholisi Bosh vazirning virtual qabulxonasiga xat, interfaol usul va ishonch telefonlari orqali bemalol oʻzlari duch kelgan muammo va masalalar boʻyicha murojaat qilib kelmoqda

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi fuqarolarning shikoyat va arizalarini qabul qilishda davom etmoqda.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlovchi maxsus boʻlim tashkil qilingan.

"Vitual qabulxonaga orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlovchi maxsus boʻlim tashkil qilingani rost. Kelib tushayotgan murojaatlarning tez va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida ular faqat vazirlikning markaziy apparati tomonidan koʻrib chiqilishi yoʻlga qoʻyilgan", — deb taʼkidladi IIV matbuot-xizmati vakili Sputnik muxbiriga.

Xabarlarga muvofiq, IIVning barcha markaziy sohaviy xizmatlariga virtual qabulxona orqali kelib tushgan har qanday murojaat boʻyicha shaxsan birinchi rahbarning masʼulligi belgilangan. Sohaviy rahbarga ariza boʻyicha toʻliq va sifatli maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, hisobini yuritish va tahlil qilish vazifalari yuklatilgan.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyevga asosan banklar ustidan shikoyat qilishmoqda
Shu vaqtga qadar, Virtual qabulxona orqali Ichki ishlar vazirligiga jami 3,5 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi-Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 24 sentyabr kuni tashkil etilgan boʻlib, (0 800) 210-0000 yoki 1000 qisqa raqamlariga qoʻngʻiroq qilish (qoʻngʻiroq respublika boʻyicha bepul, faqatgina statsionar telefonga qoʻngʻiroq qilish narxi boʻyicha haq olinadi), xat yuborish (pm.gov.uz veb-saytida keltirilgan shaklni toʻldirish orqali) yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali murojaat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala