O‘zbekiston jahon ekologik bo‘yoqlar bozoriga chiqadi

Obuna bo‘lish
2014 yilda O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida tabiiy bo‘yoq beruvchi o‘simliklar tajriba tariqasida ekilgandi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston yaqin vaqtlar ichida o‘z tarixida ilk bor xorijga tekstil sanoati uchun ekologik bo‘yoqlarni eksport qilishni boshlaydi, deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekistonga "O‘zbekengilsanoat"dagi manba.

Bu faoliyat bilan o‘tgan yili Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida tashkil etilgan Indikim Group kompaniyasi shug‘ullanadi.

Loyihani amalga oshirish ishlari 2014-yilda, "O‘zbekengilsanoat" va Janubiy Koreyaning Rainbow kompaniyalari o‘rtasida qishloq xo‘jalik ekinlaridan respublika hududida va xorijda yengil sanoatda foydalaniladigan tabiiy ekologik bo‘yoqlarni ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolanganidan so‘ng boshlangandi.

2017 yilga qadar to‘liq amalga oshadigan loyihaning umumiy qiymati 1 million dollarga yaqin. Ishlab chiqarish to‘liq quvvat bilan boshlangach, tayyorlangan mahsulotning 80%dan ortig‘ini eksport qilish rejalashtirilgan. Bu yerda 45dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

"Korxonada keng assortimentdagi tabiiy kukun va oziq-ovqat bo‘yoqlari ishlab chiqariladi. Buning uchun Janubiy Koreya tomoni eng zamonaviy laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalarini ajratgan. Bu yerda ekologik bo‘yoq olish uslubi Koreyadagidan farq qilmaydi, bu esa mahsulotning jahon bozoridagi sifati va raqobatbardoshligini kafolatlaydi", — dedi manba.

Marg‘ilon atlasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik tadbirkorlar 200 mln dollarlikdan ziyod shartnomalar imzoladilar

2014 yilda Xorazm, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida tabiiy bo‘yoq beruvchi o‘simliklar tajriba tariqasida ekilgandi. Joriy yilning oktabrida yig‘ib olingan hosildan qizil, sariq, yashil, ko‘k va boshqa rangdagi bo‘yoqlar olinadi. 2016-yilning bahorida ham 45 gektar maydonga sinov tariqasida bo‘yoq beruvchi o‘simliklar ekilgandi.

Shu bilan birga Rainbow kompaniyasi O‘zbekistonda bo‘yoq olishni o‘rganuvchi hamda ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarga tekstil sanoatida foydalanish uchun bo‘yoqning xavfsizligi bo‘yicha sertifikat beruvchi maxsus ilmiy-tadqiqot markazini ochish ishlarini olib bormoqda.

Bundan tashqari, salohiyatli xaridorlar ro‘yxati ham aniq bo‘ldi. Kompaniya sentabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan Xalqaro tekstil sanoati ko‘rgazmasida qatnashdi. O‘sha ko‘rgazmada tekstil sohasida ekologik bo‘yoqlarni qo‘llash bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Xorij va mahalliy tekstil kompaniyalari bilan ekologik bo‘yoqlarni yetkazib berish va tekstil mahsulotlarini bo‘yash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0