OAV: Janubiy Koreya Kim Chen Inni "bartaraf etadigan" maxsus qo‘shinlarni tayyorlamoqda

© AFP / JUNG YEON-JEJanubiy Koreyada harbiy mashg‘ulotlar
Janubiy Koreyada harbiy mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarlarga ko‘ra, Koreya yarim orolida urush yuzaga kelgan taqdirda maxsus qo‘shin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va uning atrofidagilarni "bartaraf etish" bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Janubiy Koreya "inqiroz" yuz bergan taqdirda Shimoliy Koreya qurollangan qo‘shinlariga qarashli qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qilish bilan shug‘ullanadigan maxsus qo‘shinlarni tashkil etmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Ogohlantirish: Shimoliy Koreya AQSh harbiy bazasi va Seul kulini ko‘kka sovurmoqchi
Xabarlarga ko‘ra, Koreya yarim orolida urush yuzaga kelgan taqdirda maxsus qo‘shin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va uning atrofidagilarni "bartaraf etish" bilan shug‘ullanadi.

Agentlik xabariga ko‘ra, parlament tekshiruvi vaqtida Janubiy koreyalik harbiylar "Shimol tomondan bo‘layotgan provokatsiyalarga qarshi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rayotganlari" haqida ma’lum qilganlar. Bunda ular MN-47 vertolotlari, sputnik navigatsiya va oddiy qurollardan foydalanganliklari aytilmoqda.

"Armiya dushman hududiga kirib borib, o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib, ortga qayta oladigan maxsus qo‘shinlarga ega bo‘lishni xohlamoqda" — quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni — Chan Chon Gyu so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning hukmron partiya parlamenti deputati Shimoliy Koreya tomonidan bo‘layotgan yadroviy va raketa zarbalari fonida Janubiy Koreya uchun maxsus qo‘shinlar imkoni boricha tezroq tayyorlanishini ta’kidlagan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya maxsus qo‘shinlarni 2018-yilga tayyor holatga keltiradi.

Yangiliklar lentasi
0