Rossiyada "Topol" mintaqalararo ballistik raketasi uchirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMintaqalararo ballistik raketa
Mintaqalararo ballistik raketa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Rossiyaning Plesesk kosmodromidan "Topol" (MBR) RS-12M mintaqalararo ballistik raketasi uchirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Mintaqalararo ballistik raketaning uchirilishi rejaga muvofiq amalga oshirildi, deya xabar tarqatgan Rossiya axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Rossiya Suriyaga olib kirgan S-400 Zenit raketa kompleksi. - Sputnik O‘zbekiston
Independent: Rossiya G‘arbga o‘z harbiy texnikasi “zanglab qolmagan"ini ko‘rsatib qo‘ydi
Ta’kidlanishicha, raketaning o‘quv-harbiy qismi Kamchatka yarimorolidagi poligonda belgilangan marrani aniq nishonga olgan.

Bundan tashqari, muassasa xabariga ko‘ra, strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari ishlab-chiqaruvich korxonalar bilan birgalikda harbiy majmualar salohiyatini maksimal darajada ishga solish masalalar ustida ishlashayotgani ma’lum bo‘ldi. Ulardan foydalanish muddatini uzaytirish ustida ish olib borilayotgani ta’kidlandi.

"Raketaning uchirilishi "Topol-M" majmuasini yaratishda qabul qilingan texnik qarorlar to‘g‘ri ekanligi, raketaning harbiy vazifalarni bajarishga tayyorligi, shuningdek, ko‘zda tutilgan obyektlarni nishonga olishda yuqori darajadagi aniqlikka egaligini yana bir bor tasdiqladi", — deyiladi muassasa xabarida.

Yangiliklar lentasi
0