Iqtisod

Rossiya chegarasini kesib oʻtgan transportdan pul olinadi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Fotobankka oʻtishRossiya chegarasi
Rossiya chegarasi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada 2017 yilda chegarani kesib oʻtgan transport vositalaridan toʻlov olish tizimi joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Toʻlovlar transport turiga va tashib oʻtilayotgan yuk miqdoriga qarab olinadi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya Transport vazirligi yoʻllar ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash uchun, chegarani kesib oʻtgan avtomobil va temiryoʻl transport vositalaridan toʻlov olish tizimini ishga tushirmoqchi, RIA Novosti xabariga asosan.  

Toʻlov olish uchun, yuk mashinalarini nazorat qiluvchi "Platon" tizimidan foydalanish rejalashtirilgan.

"Dastlabki bosqichda chegarani kesib oʻtish nuqtalari xizmatlari pullik boʻladi. Avtotransport vositalaridan uning turiga qarab — yengil yoki yuk mashinasi, temiryoʻl transportidan esa — tashib oʻtilayotgan yuk miqdoriga qarab toʻlov olinadi", — deyilgan xabarda.

Toʻlovlar qabul qilish uchun yagona operator tashkil qilingan boʻlib, u "Platon" tizimining asosiy funktsiyalarini oʻz ichiga mujeassamlashtirgan boʻladi.

Yangi tizim boʻyicha toʻlovlar qabul qilish 2017 yilning ikkinchi yarmidan boshlanishi mumkin. Shuningdek, xususiy sarmoyadorlar yordamida chegarani kesib oʻtish uchun alternativ nazorat nuqtalari qurilishi mumkinligi haqida xabar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala