Barak Obamadan tavsiya: "Mana shu filmlarni, albatta, tomosha qiling!"

© AP Photo / Carolyn KasterAQSh prezidenti Barak Obama
AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barak Obamaga ko‘ra, ilmiy fantastika janrida suratga olingan va, albatta, tomosha qilinishi kerak bo‘lgan filmlar ro‘yxatidan, birinchi galda, Stenli Kubrikning "2001 yil fazoviy odisseyasi" o‘rin egallaydi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama ilmiy-fantastika janrida suratga olingan va, albatta, tomosha qilinishi shart bo‘lgan filmlar va teleshoular ro‘yxatini taqdim etdi. Oq Uy rahbarining ta’kidicha, ular "ongni kengaytirishga" xizmat qiladi. RIA Novosti xabari asosida.

AQSh prezidenti Barak Obama. - Sputnik O‘zbekiston
TV: Obama prezidentlikdan so‘ng domlalik qilmoqchi
Amerika yetakchisi Stenli Kubrikning 1968-yilda suratga olingan "2001 yil fazoviy odisseyasi"ni tomosha qilinishi shart bo‘lgan filmlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda ko‘rsatgan. Barak Obamaga ko‘ra, "film o‘zining mahobati va noaniqlik ko‘lami" bilan hayratga soladi. Ikkinchi o‘rin 1982-yilda rejissor Ridli Skott tomonidan yaratilgan "Tig‘ ustida yuguruvchi" filmiga berilgan. "Bu filmda odam bo‘lish qanday ekani haqida masala ko‘tarilgan", — deb yozgan film haqida AQSh prezidenti.

Ilmiy-fantastika janridagi filmlar uchligini Stiven Spilbergning 1977-yilda suratga olgan "Uchinchi darajadagi yaqin aloqalar" kartinasi yakunlagan. "O‘ta optimistik ruhdagi kartina" deya izoh bergan filmga Obama.

Shuningdek, AQSh yetakchisi, ilmiy fantastika janrida tomosha qilinishi shart bo‘lgan film va teleshoular ro‘yxatiga Jorj Lukasning 1977-yilda suratga olingan "Yulduzlar jangi. IV epizod: yangi umid" kartinasi, "Yulduzli yo‘llar" seriali (1966-1969 yillar), 2015-yilda suratga olingan Ridli Skottning "Marsianin" filmi, shuningdek aka-uka Vachovskilarning birinchi "Matritsa"si  kiritgan.

Ushbu ro‘yxat noyabr oyida Wired jurnalida chop etilgan. Obama jurnalning taklif qilingan muharriri bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0