Tailand qiroli olamdan o‘tdi

© REUTERS / Sukree SukplangTailand qiroli Pxumipxon Adulyadet (Rama To‘qqizinchi)
Tailand qiroli Pxumipxon Adulyadet (Rama To‘qqizinchi) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy ta’limni Yevropada olgan qirol Pxumidxon Adulyadet Tailand umummilliy irrigatsiya tizimi muallifi bo‘lib, aynan mana shu dastur tufayli Tailand guruch eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘ringa chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Tailand qiroli Pxumipxon Adulyadet (Rama to‘qqizinchi) 89 yoshida Bankokdagi Sirirat kasalxonasida chorshanba kuni  olamdan ko‘z yumdi, deyiladi Tailand Qirollik saroyi rasmiy bayonotida.

1946 yildan buyon Tailandni boshqarib kelgan qirol Pxumipxon Adulyadet taxtda eng uzoq o‘tirgan monarx hisoblanadi. Bundan tashqari u nafaqat davlat rahbari, balki o‘z xalqi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan mehnatsevar-qirol sifatida ham o‘z fuqarolarining cheksiz hurmat va muhabbatiga sazovor bo‘lgan.

Oliy ta’limni Yevropada olgan qirol Pxumidxon Adulyadet Tailand umummilliy irrigatsiya tizimi muallifi bo‘lib, aynan mana shu dastur tufayli Tailand guruch eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘ringa chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Aynan mana shu qirol tashabbusi bilan mamlakatda mol fermalari tashkil etilib, Tailandning barcha maktab o‘quvchilari 1960-yillardayoq kalsiy manbai hisoblangan sut bilanta’minlangan.

Yangiliklar lentasi
0