Madaniyat

Latofatli Rayhon efir ortidagi harakatlari uchun tanqidlar yomgʻiri ostida qoldi

Xonanda tomonidan Instagram sahifasiga joylangan video muhokamaga oʻch ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun ayni muddao boʻldi, deyish mumkin

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. "Milliy" telekanalida oʻzini teleboshlovchilikda sinab koʻrayotgan maftunkor Rayhon efir ortidagi "gaplar" aks etgan videoni oʻzining Instagram sahifasiga joyladi.

Xonanda bu bilan oʻz muxlislariga xit-parad koʻrsatuvi qanday qilib suratga olinishini koʻrsatmoqchi boʻlgan. Ammo…

Natijada, shu vaqtga qadar 36 ming marotaba koʻrilgan video rolik internet foydalanuvchilari orasida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi, hatto, xonandaga nisbatan oʻta keskin tanqidiy fikrlar bildirildi.

Kak mы snimayem xit parad 😂

Video opublikovano Rayxon Ganiyeva (@rayhonganieva) Okt 12 2016 v 8:18 PDT

 

"Oʻzbek tili oʻyinchoqmas, xohlagan joyida buziladigan", — deya izoh qoldirgan muxlislardan biri.

"Bu rolikda Rayhona oʻzbek tilini oʻrganayotgani aks etgan", — deya javob qaytargan unga boshqasi.

"Xuddi boshqa sanʼatkorlarning hammasi oʻzbek tilida gapiradigandek, nega Rayhonga yopishvoldinglar. Eng muhimi dili pok boʻlsin", — deya Rayhonning yonini olgan yana bir muxlis.

Boshqa biri esa, mana shunday boʻlmagʻur gaplarni, tanqidlarni yozayotganlarni "bloklab" tashlashni maslahat bergan. "Ana, Shahzoda xuddi shunday qiladi, izohlarning hammasini oʻchirib tashlaydi, shuning uchun uning sahifasida birorta ham negativ gaplar yoʻq", — deya maslahat bergan latofat_rayhon niki ostidagi foydalanuvchi.

Aytgancha, izohlar orasida, uyatsiz, nojoʻya soʻz va jumlalar juda koʻp uchraydi…

Ammo rolik tagida izoh qoldirganlar orasida "Hammaning oldida oʻzini koʻrsatadiganlar ham topiladi, xuddi oʻzi bir narsani qoyillatib qoʻygandek. Eʼtibor bermang. Baribir Rayhon zoʻr!", "Bu bugun koʻrgan videolarim ichida eng zoʻri!" deya tasalli berganlar ham topildi.

Xonanda esa oʻziga nisbatan bildirilgan tanqidlarga javoban shunday izoh qoldirgan:

"Baʼzida dahshatli izohlarga duch kelaman va hayron qolaman. Insondan qanchalik nafratlanish mumkin. Shu, jumladan, oʻzingiz hatto tanimaydigan odamdan qanday qilib nafratlanish mumkin? Nahotki, bularning barchasi oʻzingizga qaytib borishini tushunmasangiz? Menga emas, sizga. Mendan esa faqatgina gunohlarimni olmoqdasiz. Buning uchun Sizdan minnatdorman. Mening manfurlarim, sizlarga moʻl baxt va muhabbat tilayman. Balki shunda qanchalar adashganingizni anglarsiz. Sizlarni samimiy sevaman va har biringizni hurmat qilaman".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala