Toshkentda "Sharq bozori" yarmarkasi o‘tkaziladi

© Sputnik / Vadim ShekunVistavka "Kulturnoe nasledie Uzbekistana"
Vistavka Kulturnoe nasledie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yarmarka O‘zbekistonning barcha burchaklaridan kelgan hunarmand va ustalarni bir joyga yig‘adi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. 16 oktabr kuni o‘tkaziladigan "Sharq bozori" yillik yarmarkasi O‘zbekistonning barcha burchaklaridan kelgan hunarmand va ustalarni bir joyga yig‘adi, deb xabar beradi Next savdo-ko‘ngilochar majmuasi o‘zining Facebookdagi sahifasida.

"Sharq bozori" yarmarkasi "Ustalar sayyorasi" (Planeta masterov) tomonidan tashkil etilmoqda. O‘tgan yilgi ko‘rgazma Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan hamda ijodiy sulolalar va mustaqil mualliflarning yuzga yaqin vakillarini jamlagandi.

San’at muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Mustaqillik yillariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

"Sharq bozori" loyihasining o‘ziga xosligi shundaki, u kattalar va bolalar uchun o‘ziga xos ijodiy mahorat darslariga aylangan. Yarmarka mavzusi amaliy bezak san’ati bilangina cheklanib qolmagan. Bu yerda hattoki sovun qanday tayyorlanishini, gullardan turli o‘yinchoq va bezaklar tayyorlashni o‘rganish, turli buyumlarni bezash bo‘yicha saboq olish mumkin.

Ko‘rgazma quyidagi mavzularda tashkil etiladi:

• O‘zbek milliy buyumlari: qo‘g‘irchoqlar, liboslar, shaxmat;

• Uy uchun aksessuarlar: panno, yostiqlar, vazalar, xushbo‘y shamlar, matodan tayyorlangan gullar;

• Kosmetika mahsulotlari: sovun, yuz parvarishi vositalari, badan parvarishi vositalari;

• Suvenirlar, o‘yinchoqlar, sovg‘alar, breloklar;

• Zargarlik buyumlari: uzuklar, sirg‘alar, zanjirlar, marjonlar,bilaguzuklar, tugmalar, to‘g‘nag‘ichlar;

• Uy uchun tekstil mahsulotlari: dekorativ yostiqlar, adollar, pardalar;

• Tabiiy charm mahsulotlari: kartinalar, sumkalar, poyabzal, kamar, hamon, hujjat jildlari, foto albomlari, soch bezaklari;

• Tabiiy yog‘och mahsulotlari: stol-stullar, shamdonlar, qutichalar, narda va shaxmat, suvenirlar;

• Gullardan tayyorlangan kompozitsiya: gullardan tayyorlangan o‘yinchoqlar, gul savatlari, kollajlar, dekorativ daraxtlari;

• Bayram o‘yinchoqlari va turli aksessuarlar.

Ko‘rgazma dasturidan shuningdek, binafsha gulini parvarishlash, fanerani kuydirib rasm chizish, sopol buyumlarga naqsh chizish, "Ebru" — suvda rasm chizish kabi 20ga yaqin mahorat darslari o‘rin olgan.

Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan barcha tashrif buyuruvchilar o‘rtasida kinoteatrga taklifnoma qo‘yilgan lotereya o‘yini o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaga kirish bepul.

Yangiliklar lentasi
0