Iqtisod

Ustyurt GKM olti oyda 218 mln dollarlik mahsulot eksport qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishGazni qayta ishlash zavodi
Gazni qayta ishlash zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Majmua 2016 yilning dastlabki yarim yilida 250 ming tonnadan ortiq polietilen va polipropilenni eksport qildi

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Markaziy Osiyodagi eng yirik neft-kimyo korxonasi — Ustyurt gaz-kimyo majmuasi 2016 yilning birinchi olti oyi davomida 218 million dollarlikdan ortiq mahsulot eksport qildi, deb maʼlum qildi korxonadagi manba Sputnik muxbiriga.

Uning soʻzlariga koʻra, majmuaning asosiy eksport bozori MDH, Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari boʻlgan. Xorijga jami 250 ming tonnadan ortiq polietilen va polipropilen joʻnatildi. Polietilenni ilk marta 2015 yil dekabrida, polipropilenni esa 2016 yil yanvarida eksport qilish boshlangan edi.

"Majmua joriy yilning may oyida foydalanishga topshirilganidan keyin toʻliq quvvat bilan ishlashi uchun harakat davom ettirilmoqda. Korxona toʻliq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 387 ming tonna polietilen, 102 ming tonnadan ortiq piroliz distillyati, 83 ming tonna polipropilen, 8 ming tonna piroliz moyi hamda 3,8 milliard kub metrgacha tozalangan gaz ishlab chiqarish mumkin boʻladi", — dedi manba.

Suhbatdoshning aytishicha, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushirilgach, mamlakatda polietilen ishlab chiqarish 2015 yilning birinchi yarim yilligidagiga nisbatan 3,5 baravarga oshgan.

Xvan Gyo An va Shavkat Mirziyoyev Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ochilish marosimida. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi

Bu esa ilgari xorijdan keltirilgan polipropilen ichki bozorini toʻliq taʼminlash imkonini berdi. Ilgari aksariyat yetakchi oʻzbek korxonalari gilam tayyorlashda foydalaniladigan ushbu mahsulotni Eron va Janubiy Koreyadan keltirishar, bu esa tayyor mahsulot tannarxining sezilarli ravishda oshishiga sabab boʻlar edi.

Umuman olganda, Oʻzbekistonda polietilen ishlab chiqarishni 4,1 baravarga  — 2015 yildagi 125 ming tonnadan 2019 yilga kelib 512 ming tonnaga yetkazish moʻljallanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala