O‘zbek bojxonachilari 67,8 mingdan ortiq behayo materiallarning olib kirilishiga chek qo‘yishdi

© Sputnik / Konstantin Rodikov / Mediabankka o‘tishSmartfon
Smartfon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan noutbuk, qo‘l telefoni va boshqa axborot tashuvchi vositalarda behayolikni targ‘ib etuvchi materiallarni olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar tez-tez uchramoqda, deb yozadi O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Masalan, Samarqand xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan fuqaro O.Tillayev (barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida, unga tegishli qo‘l telefoni ko‘zdan kechirilganda, 72 dona behayo mazmundagi foto va videomateriallar borligi aniqlandi.

Shahvoniy sahnalar aks etgan 200 dan ortiq videolavhalarga telefonidan joy ajratgan jizzaxlik K.Tadjiyev ham Vnukovodan qaytar ekan, Samarqand aeroportida bojxonachilar qarshisida uyalib qoldi.

Xorijdan yangiyo‘llik V.Olga nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi "Boshpochtamt" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, mazkur jo‘natmada behayolikni targ‘ib etuvchi 3 dona kitob yuborilganligi aniqlandi.

"Chelyabinsk-Toshkent" reysi bo‘yicha poyezdda kirib kelgan farg‘onalik B.Ahrorov noutbukiga 370 donadan ortiq behayo fotosuratlarni jamlagan. Natijada, unga "Keles" temir yo‘l chegara bojxona postida biroz "ushlanib" qolishiga to‘g‘ri keldi.

AQShning 100 dollarlik valyutasi. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bojxona xodimlari 70 ming dollarning "uchishiga" chek qo‘yishdi

"Moskva-Urganch" reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan xazorasplik B.Kenjayevning qo‘l telefoni amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, uning xotirasida 94 dona behayolikni targ‘ib etuvchi foto va videomateriallar borligi fosh bo‘ldi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham pornografik hamda zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarning respublika hududiga olib kirilishiga qarshi chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, "G‘ishtko‘prik" bojxona kompleksi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro O.Tursunov uyali aloqa vositasi xotirasida 104 dona behayo mazmundagi video fayllarni olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, mazkur kompleksda bojxonachilar poytaxtlik R.Turgunovning telefon xotira kartasida 277 dona video va foto materiallarni olib kirishga uringanini aniqlashdi.

Buxoro aeroportida Moskvadan uchib kelgan A.Jumayevning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unga tegishli qo‘l telefoni xotirasiga 173 dona behayo mazmundagi videolavhalar joylashtirganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ayol oyoqlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda reklamada behayo sahnalardan foydalanish ta’qiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi "Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va insoniyat xavfsizligiga qarshi, hududiy yaxlitlikni, davlat suveriniteti va siyosiy mustaqillikni buzishga qaratilgan bosma nashriyot maxsulotlari, qo‘lozmalar, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplonkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlari, ovoz yozilgan materiallar, shuningdek urush, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy ajratish va diniy qarshilik, rasizm va uning turlarini (antisemitizm, fashizm) targ‘ib etuvchi hamda pornografik mazmundagi materiallarni olib kirish taqiqlangan.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 2200 dan ortiq bojxona qoidabuzarliklari natijasida 67,8 ming donadan ortiq turli shakldagi behayo mazmundagi materiallarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, pornografik, shuningdek zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, u holda aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq, eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0