Jamiyat

Oʻzbek yoshlari Hyundai korxonalarida amaliyot oʻtashlari mumkin boʻladi

© AFP / STRHyundai zavodi
Hyundai zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni paytda Shahrisabz shahrida kasbiy taʼlim markazini tashkil etish boʻyicha ish boshlangan

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. 5 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida Kim In Shik rahbarligidagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazilgandi, deb xabar beradi "Jahon" AA. Uchrashuvda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Kvon Yeng U, "Hyundai Engineering Co. Ltd." kompaniyasining  Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Song Dong Jun ham qatnashdi.

Uchrashuvda mehnat vaziri Aziz Abduhakimov oʻzaro manfaatli va amaliy hamkorlik uchun koreyalik hamkorlarga minnatdorchilik bildirib, Koreya kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar Oʻzbekiston iqtisodiyotida zamonaviy va yuqori haq toʻlanuvchi korxonalar tashkil etilishi misolida oʻz aksini topayotganligini eʼtirof etdi.

Ish bilan band boʻlmagan aholini, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish va qayta tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston mehnat vazirligi KOICA hamkorligida "Oʻzbekistonda kasb taʼlimi imkoniyatlarini rivojlantirish" loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida respublikaning turli hududlarida kasbiy taʼlim markazlari tashkil etilmoqda.

Janubiy Koreyadagi universitet - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda Koreyaning kasb-hunarga oʻqitish markazi ochildi

Bu yoʻnalishda 2012 yilda Koreya hukumatining begʻaraz granti asosida tashkil etilgan Toshkentdagi kasbiy taʼlim markazi "birinchi qaldirgʻoch" hisoblanadi. Bu yerda shu kunga qadar 2 mingdan ortiq yoshlar taʼlim oldilar va yuqori maosh toʻlanuvchi ishlarga joylashdilar.

Ushbu hamkorlikning samarasi natijasida avgust oyining oxirida Samarqandda ikkinchi kasbiy taʼlim markazi qurib bitkazildi va 26 sentyabr kuni 240 nafar oʻquvchini qabul qildi. Mazkur markazda avtomobillar diagnostikasi va texnik xizmat koʻrsatish, mashinasozlik texnologiyasi va chilangarlik, elektronika va elektrotexnika, axborot tizimlari va texnologiyalari yoʻnalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Taʼkidlash kerakki, ushbu markazlarning bitiruvchilari oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ilgaritdan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tegishli korxonalarga ishga joylashadilar.

Oʻquv markazlarining oʻqituvchi va kasbiy taʼlim ustalari Koreyadagi yetakchi texnika universitetlari professorlari ishtirokida tanlab olingan. Oʻqituvchi va ustalarning maʼlum bir qismi Janubiy Koreya professional taʼlim va texnologiyalar universitetida malaka oshirdilar.

Uchrashuvda ishtirok etgan "Hyundai Engineering Co. Ltd." kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori ikki mamlakat hamkorligiga va respublikada keng miqyosda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirligi, "Hyundai Engineering Co. Ltd." kompaniyasi va KOICA oʻrtasida kasbiy taʼlim markazlari bitiruvchilarining "Hyundai Engineering Co. Ltd." kompaniyasi korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashlari hamda ishga joylashishlarini tashkil etish, zamonaviy oʻquv qoʻllanmalari va dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish, yetuk kadrlarni tayyorlash bilan bogʻliq maʼlumotlarni almashish, kasbiy taʼlim markazlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun insoniy va moddiy resurslarni jalb etish boʻyicha memorandum imzolandi.

Ayni paytda Hukumatlararo kelishuvga muvofiq Shahrisabz shahrida kasbiy taʼlim markazini tashkil etish boʻyicha ish boshlangan boʻlib, bunday markazlarni Urganch va Qoʻqonda ham tashkil qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala