Birinchi qor bilan, O‘zbekiston!

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQor ostida qolgan atirgul
Qor ostida qolgan atirgul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi qor aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylanmoqda

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘di, deb xabar qiladi darakchi nashri.

"13 oktabr kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin sovidi va yog‘ingarchiliklar kuzatildi. Chimon, Qamchiq dovoni va yana bir nechta hududlarda esa qor yog‘di.

Birinchi qor aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylanmoqda. Quyida ana shunday suratlardan bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz", — deyilgan xabarda.

© DarakchiO‘zbekistonda birinchi qor yog‘di
V Uzbekistane vipal sneg - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi qor yog‘di

Aytgancha, 13-oktabr kuni kechasi nafaqat, O‘zbekistonda, balki qo‘shni Qirg‘izistonda ham qor yog‘ishi kuzatilgan. "Bishkek shahri bir kechada sehrli tusga kirdi, tongni birinchi qor bilan qarshi oldik", — deb yozadi bishkeklik internet foydalanuvchilardan biri.

Foto opublikovano @jika_kz Okt 13 2016 v 8:13 PDT

 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari faol tarzda bir-birlarini birinchi qor bilan tabriklashga kirishgan. "Biz qor odamini yasadik", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

 

Qirg‘iziston fuqarolari shuningdek, tabiatning bunday kutilmagan "surpriz"iga hali tayyor emasliklari haqida ham qo‘shimcha qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0