Islom Karimov xotirasiga qorilar tanlovi o‘tkazildi

© Novosti UzbekistanaO‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bilimler belleskende" tanlovini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bilim yurti talabalarining diniy ekstremizm va terrorizm, buzg‘unchilik, ahloqsizlik kabi yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirish, milliy-diniy urf-odat, an’ana va qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iboratdir

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Hijriy yilni boshlab beruvchi Muharram oyining nomi lug‘atda "hurmatlanuvchi", "ulug‘lanuvchi" degan ma’nolarni ang­latadi. Muborak Muharram oyi va fazilatli Ashuro kunida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bo‘lgan Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasiga bag‘ishlab, joriy yilning 12-oktabr kuni “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida "Bilimler belleskende" tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda muslim.uz xabar qilgan.

Tatyana va Lola Karimovalar Minor masjidini ziyorat qilishdi - Sputnik O‘zbekiston
Tatyana va Lola Karimovalar Minor masjidini ziyorat qilishdi
Tanlov avvalida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlab Qur’on xatm qilindi.

So‘ngra Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Shamsuddin Bahouddinov Yurtboshimiz bo‘lgan, Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovni O‘z rahmatingga olishini so‘rab duolar qilindi tanlovni boshlashga ruxsat berdilar.

"Bilimler belleskende" tanlovini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bilim yurti talabalarining diniy ekstremizm va terrorizm, buzg‘unchilik, ahloqsizlik kabi yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirish, talabalarning Qur’on, aqoid, tafsir, hadis va fiqhiy masalalardagi bilimlarini yanada oshirish, turli tahdidlarga qarshi mustaqil fikrlarini bayon etish qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni qiziqishlari bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish va ularni rag‘batlantirish, milliy-diniy urf-odat, an’ana va qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iboratdir.

Tanlovni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Bahouddinov Shamsuddin kirish so‘zi bilan ochib berdi va tanlov ishtirokchilariga omadlar tiladi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasida Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xotirasiga "Sizdan ozod va obod Vatan qoldi" tadbiri o‘tkazildi
Tanlovda bilim yurti 2-kurs talabalarining "Ziyo" komandasi, 3-kurs talabalarining “Buxoriy izdoshlari” va 4-kurs talabalarining "Beruniy avlodlari" jamoalari ishtirok etishdi. Ular to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Tanlovda bilim yurti mudir o‘rinbosarlari, uslubiy birlashma raisi, mutaxassis fani o‘qituvchisi va umumta’lim fanlar o‘qituvchisidan iborat besh kishi hakamlar hay’ati a’zolari bo‘lib, tanlovga hakamlik qildi.

Birinchi shartda tanishtiruv sharti bo‘lib jamoalar o‘zlari jamo nomi, unga berilgan ta’rif va jamoa a’zolari haqida qisqa ma’lumot berib o‘tdilar. Qo‘shimcha slayd hamda video rolik ishlaridan foydalanildi.

Ikkinchi shartda har bir jamoa sardori hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan konvertlardan birini tanlab, jamoadan kelishgan holda bir kishi savollarga javob berdi.

Uchinchi shartda hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan 10 ta tezkor savol ketma-ketlikda guruh sardorlariga o‘qib eshittirildi va javoblar o‘z navbatida belgilab borildi.

O‘zbekistonning birinchi  Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
The Japan Times: Islom Karimov - o‘zbek xalqining buyuk farzandi
To‘rtinchi shartda esa har bitta jamoa "Ta’lim sohasiga oid" yigirma daqiqali sahna ko‘rinishlarini tayyorlab, o‘z chiqishlarini namoyon qildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv natijalariga ko‘ra, birinchi darajali diplom bilan 2-kurs talabalarining "Ziyo" jamoasi, ikkinchi darajali diplom bilan 4-kurs talabalarining "Beruniy avlodlari" jamoasi, va uchinchi darajali diplom bilan 3-kurs talabalarining "Buxoriy izdoshlari" jamoasi taqdirlandilar. Shuningdek, bilim yurti tomonidan qimmat baho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0