Siyosat

Oʻzbekiston musulmon olami ichra bir-birini oʻzaro toʻgʻri tushunishning tarafdori boʻlib kelgan

© FlickrIslom hamkorlik tashkiloti kengashi
Islom hamkorlik tashkiloti kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Xorijiy mamlakatlar ilmiy-akademik doiralarining vakillari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. 2016 yilning 18-19-oktyabr kunlari Toshkentda Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Tashqi ishlari vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan xorijiy mamlakatlar ilmiy-akademik doiralarining vakillari oʻz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Abdulaziz Kamilov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Jumladan, Turkiyadagi Gʻozi universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti professori Ertugrul Yaman (Anqara) quyidagilarni bayon etgan: "Dunyoning turli mintaqalarida, shu jumladan, Yaqin va Oʻrta Sharqda harbiy-siyosiy keskinliklar kuchayib borayotgan bir sharoitda islom dunyosi ichida boʻlgani kabi turli dinlar vakillari oʻrtasida ham bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishida Islom hamkorlik tashkilotining roli tobora oʻsib bormoqda.

Shu nuqtai nazardan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi 43-sessiyasi aynan Oʻzbekistonda oʻtkazilishi alohida maʼno va ahamiyat kasb etadi. Negaki, Oʻzbekiston hamisha musulmon olami ichra bir-birini oʻzaro toʻgʻri tushunishning tarafdori boʻlib kelgani holda oʻzining koʻp asrlik tarixi davomida tsivilizatsiyalar hamda turli xalqlar madaniyatlarining chorrahasi boʻlib xizmat qilgan.

Shuni qayd etish joizki, koʻp millatli Oʻzbekiston mustaqillikning dastlabki kezlaridan boshlaboq vijdon va eʼtiqod erkinligi taʼminlanishiga, jamiyatda dinlararo va fuqarolararo hamjihatlik mustahkamlanishiga, konfessiyalar va madaniyatlar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.

Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan IHT majlisida qatnashadi

Sharqning nozik maʼnaviy qadriyatlari hamda zamonaviy demokratik tamoyillar suveren mamlakatda diniy mansubligidan qatʼiy nazar har bir fuqaroga teng imkoniyatlar yaratish, inson huquqlarini himoya etishning yaxlit tizimini shakllantirish imkonini berdi. Shu bois bugungi kunda millatlararo doʻstlikning mustahkam rishtalari Oʻzbekistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlamoqda. Bu ijobiy tajribani nafaqat Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlgan barcha davlatlarda, balki butun dunyoda chuqur tadqiq etish va tarqatish lozim, deb oʻylayman".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala