O‘zbekiston Havo yo‘llari internet orqali bilet sotishni boshladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Havo yo‘llarining samolyoti
O‘zbekiston Havo yo‘llarining samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Onlayn bron qilish tizimi hozircha mahalliy yo‘nalishlarda aviabiletlar sotishni boshladi. Chiptalar haqini faqat Uzcard to‘lov tizimi orqali so‘mda to‘lash mumkin.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" 2016-yilning 18-oktabridan boshlab chiptalarni internet orqali sotib olish xizmatini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy sayti. 

Hozircha onlayn-tizim orqali O‘zbekistonda ichidagi yo‘nalishlarga chiptalar sotib olish mumkin. Biletlar haqi UzCard bank kartalari orqali so‘mda qabul qilinadi. Keyinroq chiptalarni Visa va Mastercard orqali valyutaga sotib olish ham mumkin bo‘ladi.

Bilet sotib olish jarayoni juda oddiy. Yo‘lovchilar aviakompaniya rasmiy sahifasi www.uzairways.com ga kirib kerakli yo‘nalish, sana va bilet turini tanlaydilar.  Chiptalar sotib olinganda yo‘lovchilarga yo‘nalish kvitansiyasi beriladi. Pul to‘langani haqida ma’lumot sms xabari orqali yuboriladi.

Internet orqali biletlar sotib olish, eng kech — parvozdan 3 soat oldin amalga oshirilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0