Hodisalar

Afgʻonistonda Abdul Rashid Doʻstumni yarador qilishdi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishAbdul Rashid Doʻstum
Abdul Rashid Doʻstum - Sputnik Oʻzbekiston
Doʻstum Gʻormach tumaniga ketayotgan paytda pistirmaga duch kelgan

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Afgʻoniston vitse-prezidenti general Abdul Rashid Doʻstum "Tolibon" jangarilari tomonidan yarador qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Khaama Pressga asoslanib.

Doʻstum mamlakat shimoli gʻarbidagi Faryob viloyatida oʻtgan haftada toliblar bosib olgan Gʻormach tumaniga ketayotgan paytda pistirmaga duch kelgan. Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla vitse-prezident yengil yarador boʻlganligini, uning salomatligi xavf ostida emasligini tasdiqlagan.

Afgʻonistan, Qunduz shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Tolibon Qunduzni egallab oldi

Turkiyaning Anadolu agentligi xabar qilishicha, hujum chogʻida 15 nafar afgʻon harbiylari halok boʻlgan va 20 nafari jarohatlangan.

Ilgariroq jangarilar qaqshatqich janglardan soʻng Gʻormach tumanini bosib olishgani xabar qilingandi.

TOLO News telekanalining maʼlum qilishicha, dushanba kuni toliblar Faryob viloyatining maʼmuriy markazi maymana shahriga hujum boshlashgan.

Afgʻonistondagi vaziyat soʻnggi oylarda keskin yomonlashgan. Avvaliga mamlakatning chet qishloqlarida boʻy choʻzgan radikal "Tolibon" jangarilari endilikda yirik shaharlarga hujumga oʻtmoqda. Shuningdek, keyingi vaqtlarda mamlakat hududida "Islom davlati" taʼsiri ham keskin ortgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala