Atambayev armiyani kuchaytirish kerakligini ta’kidladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishAlmazbek Atambayev
Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat rahbari Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Rayimberdi Duyshembiyevni qabul qildi

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Prezident Almazbek Atambayev harbiy xizmatchilarga e’tibor, qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish va qayta qurollantirish mamlakatning bosh ustuvor vazifalaridan biri ekanligini aytdi, deb xabar beradi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Dushanba kuni mamlakat rahbari Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Rayimberdi Duyshembiyevni qabul qildi.

Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayevga Qirg‘izistondagi xavfsizlik bo‘yicha ma’lumot berildi

Atambayevga qurolli kuchlarni mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek mudofaani ta’minlovchi davlat organlarining o‘zaro hamkorligini tashkillashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

"Harbiy rahbariyat, harbiylarning o‘zlari harbiy tartibni kuchaytirish bo‘yicha faol ish olib borishlari, qurolli kuchlar tarkibida korrupsiyaning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim", — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Atambayev zamonaviy tahdidlarga o‘z vaqtida, munosib javob qaytara oladigan qurolli kuchlar tizimini shakllantirish ishlarini tezroq nihoyasiga yetkazish kerakligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0