Ekspert: G‘arbning O‘zbekiston haqidagi taxminlari puch bo‘lib chiqdi

© press-slujba IAS "Yevraziya-Povoljye"Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayeva
Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat Birinchi Prezidentining vafotidan keyin respublikadagi siyosiy vaziyat barqarorligicha qoldi

TOShKENT, 17 okt — Sputnik, Anton Kurilkin.Rossiya va O‘zbekiston ekspertlari 4-dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlari va mamlakatdagi vaziyat haqida fikr bildirdilar. Uchrashuv ishtirokchilari hukumat almashinuv jarayoni qonuniy asosda kechayotganligi hamda g‘arblik huquq himoyachilari va ekspertlarining bashoratlari aksi o‘laroq, hech qanday xavotirli ehtimollar yo‘qligini e’tirof etishdi.

Ekspertlar yig‘ilishi ishtirokchilari shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga, xususan iqtisodiyot sohasidagi aloqalarga ham to‘xtalib o‘tishdi.

Barqaror vaziyat

Saratov universitetining xalqaro munosabatlar instituti Rossiya tashqi siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri Yuriy Golub respublika uchun hozir muhim tarixiy davr kelganligini qayd etdi. Eng asosiysi, mamlakatda hukumatning eng xavfli o‘tish davri qisman ortda qoldi.

"O‘zbekiston yangi yo‘l boshiga kelib qoldi. Bunday pallada turli xavf va muammolar yuzaga keladi. Shunisi quvonchliki, hukumatning almashinuv jarayoni qonunan amalga oshirildi va bunda hech qanday shubhaga o‘rin yo‘q. 4-dekabr kuni qonuniy Prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi va O‘zbekiston fuqarolari o‘z tanlovlarini amalga oshirishlari uchun barcha qonuniy asoslar yaratilgan", — deya ta’kidladi ekspert.

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayevaning fikricha, hozirgi iqtisodiy vaziyat milliy birdamlik va barqarorlik bilan izohlanadi.

Siyosashnuos, MDU professori Andrey Manoylo - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: O‘zbekiston Amerika uchun "yog‘li joy"

"Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan mamlakatlar beshligiga kiradi. Ko‘plab sanoat obyektlari barpo etildi. Respublikada zamonaviy transport infrastrukturasi jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida tub islohotlar amalga oshirildi", — dedi ekspert.

Mamlakat Birinchi Prezidentining vafotidan keyin respublikadagi siyosiy vaziyat ham barqarorligicha qoldi.

"Prezidentimizning kutilmagan vafoti biz uchun o‘ziga xos sinov bo‘ldi. G‘arbning va har xil huquq himoyachilarining ichki tortishuvlar, g‘alayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy alg‘ov-dalg‘ovliklar, radikal kuchlarning uyg‘onishi haqidagi bashoratlari puch bo‘lib chiqdi", — ta’kidladi Xo‘jayeva.

U shuningdek, O‘zbekiston saylov kampaniyalari va referendumlar o‘tkazish borasida boy tajribaga ega ekanligini, bu esa saylov kampaniyasining shaffof va demokratik ruhda o‘tishini ta’minlashini eslatib o‘tdi.

Saylov jarayonini kuzatish uchun ShHT va MDH missiyalariga hamda YeHHT demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosiga taklifnomalar jo‘natilgan. YeHHT missiyasi 11-oktabrdan boshlab saylov jarayonini monitoring qilishga kirishdi.

Asos va ortiqcha "sozlashlar"

"Yevrosiyo dialog markazi" eksperti Svetlana Kashchayeva o‘z navbatida keyingi vaqtda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanyotganligi haqida so‘zladi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar ilgari yaratilgan qonuniy asoslar tufayli mustahkamlanib bormoqda.

Stanislav Pritchin - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: O‘zbekistonning yangi rahbari iqtisodiyotni rivojlantiradi

"O‘tgan 25-yil mobaynida turli sohalarda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini tartibga soluvchi shartnomaviy-huquqiy baza yaratildi. Strategik hamkorlikni kuchaytirish haqidagi shartnomani alohida e’tirof etish joiz, bugungi kundagi siyosiy, harbiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi munosabatlar majmuasi aynan mana shu hujjat asosiga qurilgan", — dedi ekspert.

Yevrosiyo-Volgabo‘yi informatsion-analitika markazi direktori Marina Lapenkoning fikricha, siyosiy kelishuvlar bilan birga hukumatlar o‘rtasida imzolangan iqtisodiy shartnomalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ekspert ular orasida respublikalar hukumatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik dasturini va investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha kelishuvni sanab o‘tdi. Bundan tashqari u doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi hukumatlararo komissiyani ham tilga oldi. Lapenkoning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi o‘zbek iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmida aks etadi.

"Keyingi besh yilda O‘zbekistonga Rossiya tomonidan kiritilgan investitsiyalar miqdori 6 milliard dollardan oshdi. Rossiyadan O‘zbekistonga mehnat migrantlari tomonidan yuborilayotgan pul o‘tkazmalari ham sezilarli. 2016-yilning ikkinchi choragida bu 500 million dollarni tashkil etdi", — dedi u.

Shu bilan birga, "Losman Konsalting" konsalting firmasi direktori Sergey Mironovning aytishicha, Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini to‘sayotgan omillardan biri respublikadagi valyuta siyosati bo‘lmoqda.

"O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi asosiy muammo valyuta operatsiyalaridir. Barcha operatsiyalar nafaqat nazorat qilinadi, balki diqqat bilan nazorat qilinadi va shuning uchun shartnomalar ijrosi cho‘zilib ketadi. Yuqori marjinallikka ega bo‘lgan aksariyat shartnomalarda to‘lov davri cho‘zilib ketadi", — dedi Mironov.

U hujjatlarga nisbatan yuqori talabni qo‘shimcha muammo deb atadi.

"O‘ylab ko‘ring, bitta shartnomamizning uchinchi qo‘shimcha kelishuvi uchun sakkizta qo‘shimcha kelishuv bo‘ldi. Bu kurs o‘zgarishi sababli har safar to‘lov muddati va to‘lov miqdorining o‘zgartirilishi bois yuzaga keldi",-dedi u.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchisi Bahrom Boxodirovich - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi: mamlakat saylov tizimi barcha standartlarga javob beradi

Mironovning aytishicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi to‘laqonli va o‘zaro manfaatli savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun ma’muriy va moliyaviy to‘siqlarni olib tashlash borasidagi ishlarni davom ettirish, bu esa ikki davlat manfaati uchun xizmat qilishi lozim.

Ishtirokchilar mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy voqelikni baholar ekanlar, O‘zbekistondagi Prezidentlik saylovlari mamlakatdagi siyosiy barqarorlik saqlab qolinishiga xizmat qilishini, milliy davlatchilikni mustahkamlashini e’tirof etdilar.

Biroq respublika tashqi siyosatida keskin o‘zgarishlar kutilmaydi, chunki O‘zbekiston rahbariyati barcha hamkorlari bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan birga mamlakatning har qanday bloklardan xoli maqomidan voz kechmoqchi emas.

Yangiliklar lentasi
0