Jamiyat

Abdulaziz Kamilov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilovning Iyad Amin Madani bilan uchrashuvi
Abdulaziz Kamilovning Iyad Amin Madani bilan uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan IHT TIVKning 43-sessiyasi oldidan uchrashdi

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida Oʻzbekistonning Islom hamkorligi tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi doirasida 18 oktyabr kuni Toshkent shahrida ochiladigan TIVKning 43-sessiyasi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Toshkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

Muloqot chogʻida vazirlar uchrashuvi kun tartibi va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi hamda boʻlajak forumni muvaffaqiyatli oʻtkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi taʼkidlandi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʼzo 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari IHT tashqi ishlar vazirlari Kengashining 43-sessiyasida ishtirok etishlarini maʼlum qilishgan.

IHT 1969 yil sentyabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini taʼminlash uchun tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom konferentsiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston ushbu tashkilotga 1996 yilda aʼzo boʻlgan. Rossiya 2005 yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala