Siyosat

IHT Suriyada siyosiy yoʻl bilan tinchlik oʻrnatish tarafdori

© FacebookToshkentda IHT TIVK kengashi
Toshkentda IHT TIVK kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda boʻlib oʻtayotgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasida 26 mamlakat tashqi ishlar vazirlari hamda xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Islom Hamkorligi tashkiloti Suriya muammosini siyosiy yoʻl bilan hal qilish tarafdori, dedi IHT Bosh kotibi Iyad Amin Madani.

“IHT diqqat markazida turgan eng asosiy masalalardan biri bu, albatta – Suriyadagi vaziyat. Biz ushbu vaziyatni, Jenevada erishilgan kelishuvlarga koʻra, siyosiy yoʻl bilan hal qilish tarafdorimiz”, — dedi IHT Bosh kotibi Toshkentdagi TIV kengashi ochilishida.

Madani IHT aʼzolarining Suriyaning suverenitetini, mustaqilligini, siyosiy yakdilligi va hududiy boʻlinmasliginini tash olishini taʼkidladi.

Shuningdek, Bosh kotib  oldin Qohirada boʻlib oʻtgan IHT ijroiya qoʻmitasi majlisida Aleppodagi gumanitar vaziyatni koʻrib chiqish uchun Nyu-Yiorkda tashkilotning doimiy vakillaridan iborat guruh tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqanini eslatdi.

IHTga aʼzo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Toshkent shahrida IHT TIVKning 43 sessiyasi oʻz ishini boshladi

Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasida 26 mamlakat tashqi ishlar vazirlari hamda xalqaro va hududiy tashkilotlr vakillari qatnashmoqda. Xususan, Islom Taraqqiyot banki, AQSH, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Shveytsariya maxsus vakillari ham bor.  

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan majlisda yuzdan ortiq rezolyutsiyalar va Toshkent deklaratsiyasini tasdiqlash rejalashtirilgan. Toshkent deklaratsiyasida IHT kun tartibining asosiy masalalari hamda “Maʼrifat va taʼlim – tinchlik va yaratuvchanlika yoʻl” shiori ostida oʻtgan Oʻzbekiston raislik davrining ustuvor yoʻnalishlari oʻz aksini topadi.

IHT 1969 yilda, Islom davlatlariorasida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlik va yakdillikni yoʻlga qoʻyish uchun  tashkil qilingan. Oʻzbekiston IHTga 1996 yilda aʼzo boʻlgan. Bugungi kunda IHTga 57 mamlakat aʼzo, Rossiya 2005 yildan buyon kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala